Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə8/27
tarix13.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#176523
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
PQ-414 03.11.2022

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini kompleks rivojlantirish
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘quv-uslubiy jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda yangi o‘qitish uslublarini joriy etish

1.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy qilish.

1. O‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini xatlovdan o‘tkazish.
2. Kredit-modul tizimi joriy qilingan oliy ta’lim muassasalarining tajribasini o‘rganish hamda ular bilan doimiy ravishda tajriba almashish.
3. O‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni implementatsiya qilish asosida qayta ko‘rib chiqish.
4. Kredit-modul tizimini samarali joriy qilish maqsadida, zarur hollarda, vakolatli xalqaro tashkilotni jalb qilish.
5. Ta’lim jarayonining kredit-modul tizimida olib borilishini to‘liq ta’minlash.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2024/2025 o‘quv yiliga qadar

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov),
Universitet
(M. Boltabayev)

2.

Universitetning o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish.

1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini, shuningdek, vakolatli xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini o‘rganib chiqish.
2. Xalqaro tan olingan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasasining dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantirish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023-yil avgust

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov),
Universitet
(M. Boltabayev)

3.

Sifatli ta’lim berishda malakali professor-o‘qituvchilarning salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Universitetning jamoa shartnomasini qayta ko‘rib chiqish. Bunda, pedagog va boshqa xodimlarning ichki rotatsiyasiga oid yangi tartib belgilash.

Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

2022 — 2025-yillar davomida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin