(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) sport-ta’lim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va ilmiy-tadqiqot institutlarini O‘quv-ilmiy hamjamiyatga biriktirsin;
yaratilayotgan ishlanmalar va metodikalarning samaradorligini aniqlash maqsadida sport-ta’lim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va ilmiy-tadqiqot institutlari tarkibidan ilmiy-amaliy guruh shakllantirsin;
ilmiy-amaliy guruhni mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini ro‘yobga chiqarishga jalb qilsin.
18. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini xorijiy oliy ta’lim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish jadvali 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
xorijiy oliy ta’lim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, magistrlik darajasiga ega bo‘lgan iqtidorli va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ochiq tanlov asosida yuboriladi;
xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchi va xodimlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan bog‘liq xarajatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasiga xorijda doktoranturada ta’lim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Oldingitahrirga qarang. Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda:
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) uch oy muddatda mazkur qarorga 9-ilovada ko‘rsatilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazsin va boshqa tashkiliy tadbirlarni kelishsin;
nomzodlar xorijiy mamlakatlarga viza olishida, konsullik hisobiga qo‘yilishida, notarial va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishida, borgan davlatida ularning o‘qishini monitoring qilishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Oldingitahrirga qarang. 19. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlovlarda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid, xususan ommaviy sport, xotin-qizlar sporti va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish muammolariga yo‘naltirilgan kamida 10 ta maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga grant mablag‘lari ajratsin. Loyiha ijrochilari grant loyihalari tadqiqotlaridan kelib chiqib ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ilmiy laboratoriya bazasini rivojlantirish, ilg‘or texnologik jihozlar bilan ta’minlash hamda sohaga oid ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish choralarini ko‘rsin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) Oldingitahrirga qarang. 20. Toshkent shahar, Yashnobod tumanida 2025-yilda Yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini tashkil etish uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga ushbu o‘yinlar o‘tkazilgandan so‘ng Yoshlar siyosati va sport vazirligi, tegishli respublika sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda 2025-yilda o‘z faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi joylashtirilsin.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan xorijiy davlatlar (Xitoy, Rossiya, Koreya va boshqalar)ning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) 21. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingitahrirga qarang. 23. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.