Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə10/27
tarix13.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#176523
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
PQ-414 03.11.2022

(M. Boltabayev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

7.

Universitet bilan uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari, shu jumladan filiallar o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda axborot almashinuvini raqamlashtirish.

1. Universitet tuzilmasidagi ta’lim muassasalarini optik tolali Internetga ulash orqali ularning oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashgan elektron o‘quv-uslubiy ta’minot tizimini yaratish.
2. Har bir talabani raqamli texnologiyalarga asoslangan ID-kartalar bilan ta’minlash.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023-yil mart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Pekos),
Sportni rivojlantirish vazirligi
(M. Ismailov),
Universitet
(M. Boltabayev)

8.

Universitetning mutaxassislik fanlaridan audiovizual va multimedia ta’lim mahsulotlarini tayyorlash, televideniye va ommaviy axborot vositalari uchun sportning afzalliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha kontent yaratish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga mo‘ljallangan “Sport IT” markazini tashkil qilish.

1. Universitetning “Sport IT” markazini zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash.
2. Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruzalarining audiovizual ta’lim kontentini hamda multimedia ta’lim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtatini belgilash.
3. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni (ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translatsiya qilishga mo‘ljallangan elektron platforma ishlab chiqish.
4. Zamonaviy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, shu jumladan audio, video va elektron darsliklar, onlayn darsliklar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni yaratish, raqamli formatga o‘tkazish.
5. Nufuzli sport musobaqalarining audio, video materiallarini yozib olish, mashg‘ulotlar jarayonida tahlil qilish.
6. Sportchilarning optimal tayyorgarlik jarayonining optimal modelini ishlab chiqish.
7. Sport texnik anjomlarini yaratish va takomillashtirish, ularni unifikatsiyalash va standartlashtirish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlarining alohida bosqichlari va yo‘nalishlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
8. Universitetda ta’lim olayotgan hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan talabalar uchun o‘z iqtidorini namoyon etish maqsadida zarur shart-sharoitlar yaratish.

Universitet hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

2023-yil avgust

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),
Universitet
(M. Boltabayev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov),
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki
(F. Ibragimov)

9.

Universitet va uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish hamda nashr etish.

1. O‘quv adabiyotlariga nashr guvohnomalarini mustaqil berish tartibini joriy etish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil davomida

Universitet

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin