Jismoniy tarbiya va sport sohasiga sharq adib va allomalarining qarashlari. Reja: Jismoniy tarbiya sport sohasida sharq allomalarining ishlari


Sharq allomalarining xalq о‘yiniari haqidagi qarashlari



Yüklə 46,41 Kb.
səhifə4/7
tarix27.09.2023
ölçüsü46,41 Kb.
#149273
1   2   3   4   5   6   7
1. Quvnoq startlar musobaqasini tashkil qilish. Milliy va haraka

Sharq allomalarining xalq о‘yiniari haqidagi qarashlari

O‘zbek xalq o‘yinlarining paydo bo‘lishi va taraqqiyotini o‘rganishda sharqning buyuk mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Kaykovus, Umar Xayyom, Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy va boshqa tabarruk zotlar qoldirgan moddiy va ma’naviy meroslarni tadqiq qilish, ularni jismoniy, madaniy nazariyasi hamda amaliyotga tatbiq etish o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammodir.


Ushbu bobda taniqli allomalarimizning kelgusi avlodlar uchun fan va madaniyat sohasida ibrat boladigan ma’rifiy saboqlari haqida muxtasar hikoya qilamiz.


ABU ALI IBN SINO
Jamiyatimizda ma’naviy poklanish va sog‘lom axloqiy muhitni shakllantirish uchun uzoq o‘tmishimizni o‘rganish, unut bo‘layotgan bebaho merosimizni tiklash, ana shu tarixni yaratgan buyuk mutafakkirlarning ijodiy xazinasiga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ana shunday allomalardan biri Abu Ali ibn Sino o‘z davrining yetuk olimi sifatida mavjud fanlarning deyarli barchasi bilan to‘liq shug‘ullangan va ularga oid asarlar yaratgan qomusiy olimdir. Jahon ma’naviyat beshigini tebratgan Ibn Sino nafaqat mashhur shifokor, faylasuf, shoirgina bo‘lib qolmasdan, balki xalq o‘yinlariga doir g‘oyatda rang-barang nodir meros qoldirgan. Alloma xalq o‘yinlari haqida fikr yuritar ekan, u bu borada zamondoshlaridan farq qilib, har bir masalani keng, chuqur mushohada qiladi va muammolarni kuchli mantiq, hayotiy omillar zamirida, zukko aqli yordamida yechib beradi. Aynan shuning uchun uning ma’naviy durdonalari oradan qancha-qancha yillar o‘tsa ham, insoniyatga abadul-abad xizmat qiladi. Insonning ma’naviy yetuk, jismonan barkamol bo‘lishi yo‘lida butun umrini baxsh etgan olim o‘z asarlarida xalq o‘yinlarining, ayniqsa, badantarbiyaning kishi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berdi.
Uning serqirra ijodiy faoliyatidagi ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalari, ko‘rsatmalari hamda maslahatlari ta’lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik yo‘nalishlarni aniqlashda, xalq o‘yinlariga oid fikrlarini umumlashtirishda va ularni amaliyotga joriy qilishda nihoyatda qo‘l keladi.
Ibn Sino inson organizmini sog‘lomlashtirish va kasallikni davolash nuqtayi nazaridan qarab, xalq o‘yinlaridan biri bo‘lgan badantarbiyani beshta asosiy qismga ajratadi, jumladan:l.Tez harakatlar. 2. Nozik va yengil harakatlar. 3. Kuchliroq harakatlar. 4. O‘ta kuchli harakatlar. 5. Gavda uchun maxsus harakatlar.
U badantarbiyaning tez harakatlar turiga quyidagilarni kiritadi, ular, asosan, milliy xalq o‘yinlari yoki ularning ayrim unsurlarini ifodalaydi, masalan:

  • o‘zaro tortishish;

  • musht bilan turtishish;

  • yoydan o‘q otish;

  • tez yurish;

  • nayza otish;

  • yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish;

  • bir oyoqda sakrash;

  • qilichbozlik;

  • nayzabozlik;

  • otda yurish;

  • ikki qo‘lni silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchida turib, qo‘llarini oldinga va orqaga cho‘zib, tez harakat qiladi.

Olim o‘yin turlari va unsurlarini shunchaki sanab o‘tmasdan, balki xalq donishmandligi asosida o‘zining kuchli bilimi bilan ularni boyitadi, inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini tushuntiradi.2
Ulug‘ hakim turli kasalliklarga chalingan bemorlarni turli o‘yinlar vositasi bilan davolashga alohida e’tibor bergan. U isitmadan holsizlangan, ko‘krak va qorin to‘sig‘i kasalligidan zaiflashgan kishilarga, asab tizimining charchashidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaha bo‘g‘ilishi kabi kasalliklardan qiyna-layotganlarga o‘yinlarning quyidagi nozik va yengil turlarini tavsiya qiladi:

  • arg‘imchoqlarda uchish;

  • belanchaklarda tik holda, o‘tirib yoki yotib uchish;

  • qayiq yoki kemalarda sayr qilish.

Kuchliroq o‘yinlardan esa:

  • ot va tuyaga minish;

  • kajava va aravalarga tushish.

Xalq o‘yinlarini kuchli turiga maydonda qilinadigan quyidagi harakatlarni kiritadi:

  • kishi maydonning u chetidan bu chetiga tez harakat bilan borib, orqasi bilan qaytadi va har safar yurish masofasini maydon­ning o‘rtasida turib qolganiga qadar kamaytira boradi;

  • kishining o‘z soyasi bilan olishishi:

  • chapak chalish;

  • sakrash;

  • nayza uchi bilan sanchish;

  • katta va kichik kurralar bilan chavgon o‘yini;

  • koptoklarni o‘ynash;

  • kurash;

  • tosh ko‘tarish;

  • quvlashish;

  • chopayotgan otni jilovidan tortib to‘xtatish.

Xalq o‘yinlarining ajoyib bilimdoni bo‘lgan Ibn Sino xalqimizning milliy sport turi bo‘lgan milliy kurashimiz (Buxorocha va Farg‘onacha) kurash turi haqida ham yetarlicha ma’lumot qoldirgan.
„Kurashning turlari ham bir nechadir“, deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga, kurashuvchi o‘z raqibidan qutulishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni qo‘yib yubormaslikka harakat qiladi.
Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o‘ziga tortadi va yerga ag‘daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o‘ng qo‘li ostidan o‘tkazishi kerak, kurashuvchilar goh gavdalarini tiklab, goh egiladilar.
Kurash turlariga yana ko‘krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bor kishining bo‘ynidan ushlab pastga egish, bir-birining oyoqlarini o‘z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarida turib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi.3
Badantarbiyaning birinchi turi „Gavda uchun maxsus harakatlar” hisoblanib, ularning har birida ma’lum darajada o‘yin unsurlari mavjud, ya’ni: 1. Qo‘l va oyoq harakatlari. 2. Ko‘krak va nafas olish a’zolarining harakatlari. 3. Butun tanaga oid harakatlardir.



Yüklə 46,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin