Navoiy o`z asarlarida nutqning kishilar kundalik ehtiyojini qondiruvchi nodir vosita ekanligini qayd etdi. “Mahbub ul-qulub” asarida voizlar til odobi xususida fikr yuritsa, “Muhokamat ul lug’atayn” asarida o`zbek adabiy tilining boyligini e`tirof etdi. Nainki e`tirof etdi, balki tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta`kidladi. So`zning tarixiy-madaniy xizmati beqiyos, ammo til imkoniyatlari nutq jarayonidagina ochib beriladi. Agar nutq bo`lmas ekan, tilning, so`zning cheksiz imkoniyatlari ruyobga chiqib chiqmay qolaveradi. “Majolisun-nafois” da so`zning voizlari hayotida tutgan o`rni haqida ham shaxsiy mulohazalar bayon qilinadi. “Nazmul javohir” asarida esa so`z qudratli vosita ekanligi, insonga hayotiy zarurat sanalishi aytib o`tiladi. Tarixdan ma`lumki, Navoiyning o`zi ham mohir notiq bo`lgan va shirin kalomi, o`tkir tafakkuri bilan xalq qalbidan joy olgan va o`z asarlarida ham xaloyiqqa naf`i tegadigan, el yuragidan joy oladigan shirin-zabon so`zlar so`zlashni, chiroyli va ravon nutq tuzish yo`llarini o`rganish lozimligi haqida mukammal fikrlar bayon etgan.