Navoiy o`zbek adabiy tilini rivojlantirish, bu tilda go`zal asarlar yaratish, o`zbek tilini yuqori mavqega ko`tarish, uni xalq manfaatlariga xizmat qildirishni orzu qildi. U o`zbek tilini kamsitgan, bu tilda yaxshi asarlar yozish mumkin emas, turkiy tilga bee`tibor bo`lgan kishilarga munosib javob bera oldi. O`zbek adabiy tilini boyitdi, ravnaq toptirdi.
Navoiy o`zi berayotgan ma`lumotlarning aniq, to`g’ri bo`lishiga ham e`tibor berdi.
Nutq madaniyatining asl mohiyati Navoiy asarlarida o`zining yorqin dalilini topdi desam, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ulug’ shoirlarimizning, qolaversa o`tmishda o`tgan ko`plab buyuk zotlarimizning merosi bugungi kunda chuqur e`tibor bilan o`rganilayotgani ham bejiz emas. Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, nutq va suhbatlarida bobokolonlarimiz yaratgan merosning bugungi kundagi o`rni va ahamiyati qaytaqayta ta`kidlanmoqda. Yosh avlodni kamol toptirishda ularning o`rni aniq qayd etilmoqda. Bu jihatdan hazrat Navoiyning, u kishidan bizgacha yetib kelgan ulkan adabiy yodgorliklarining ham salmog’i yuksakdir.
O`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy turkiy tilda go`zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida o`zbek tili boyliklarini namoyon etuvchi mashhur asarlar yaratdi. Navoiyning sa`y-harakatlari tufayli XV asrda o`zbek tili olamga dong’i ketadigan adabiy asarlar yaratishga qodir til ekanligini isbotladi.
Navoiy o`z asarlarida nutqning kishilar kundalik ehtiyojini qondiruvchi nodir vosita ekanligini qayd etdi. Navoiy tilni o`sib, rivojlanib boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashuvchi zarurat ekanligini anglab, tillar o`zaro aloqada bo`ladi, bir-biriga chatishadi deb hisoblayd