Takaburlik, ehson foydasi, saxovat va himmat, muruvvat, vafo, hilm-muloyim tabiatlik, ilm, tilga e`tibor, yolg’onchi, nodonlar, sabr, qanoat, tama, may ichish, so’z odobi, qarilik, safar qilish foydasi va boshqalar haqida o’ziga xos tanbehlar beriladi. Bir tanbehda shunday yoziladi: Oz gapirmoq - hikmatga sabab, oz yemoq sog’likka sabab . Og’ziga kelganini demoq-nodonning ishi va oldiga kelgani yemoq - hayvonning ishi. Bayt: Ko’p demak birla bo’lmagil nodon, Bayt: Ko’p demak birla bo’lmagil nodon, - Ko’p Yemak birla bo’lmagil hayvon.
Navoiy xalq og’zaki ijodini yaxshi biladi. Asarlarida undan keng foydalandi. «Mahbub ul qulub»da ham xalq maqollaridan keng foydalangan. O’zi ham shu ruhda hikmatli so’zlar yaratdi. Ularning ko’pchiligi maqolga aylanib ketgan. Asardagi «Ko’p degan ko’p Yengilur, ko’p Yegan ko’p yiqilur», «Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yo’q», «Tilga ixtiYorsiz, elga e`tiborsiz», «Chin so’z mo’`tabar, yaxshi so’z muxtasar», «o’t ishi qovurmoq va el ishi sovurmoq» kabilar shular jumlasidandir. Asarda muallif o‘zigacha bo‘lgan forsiy nasrning eng ilg‘or an’analarini rivojlantirgan,qator masalalarni o‘z davri ijtimoiy—siyosiy voqe’likni, hokim mafkura bilan bog‘lab, yangicha talqin qilgan. Asardagi insonni ulug‘lash, barkamol ko‘rish, uning bosh xatini, hajviy portretlar, qaydlar — fosh qiluvchi qudratini, rad etishlik mantiqi — isyonkorlik ruhini, axloqiy — etikhikmat — didaktik yo‘nalishini,bayondagi fikr teranligi,tilning go‘zalligi, puxtalik, muxtasarlik, uslubiy jilolar, she’riy parchalarningkeltirilishi — yuksak badiiyatini belgilaydi. Muqaddimada, Navoiyning e’tirof qilishicha, bu asar zamondoshlari va avlodlarga o‘rnak bo‘lishi,yaxshilik va yomonlikni anglashda, go‘zallikni ardoqlash va ezguliklarga intilish, chirkin xislatlar vayovuzliklardan asranishda dastur ul— amal bo‘lishligini nazarda tutadi. Odobi tasnif an’anasiga ko‘ra asar Olloh hamdi bilan boshlangan. Uning yolg‘izligi, azamati,niyozmandligi, qodirligi va h. k. madh etiladi.
Dostları ilə paylaş: |