Haq yo’lida kim sanga bir harf o’qutmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Asardagi «Uylanish va xotinlar haqida»gi fasl ham e`tiborlidir. Unda uylanish, oila va ayollarning o’rni borasida gap boradi. «Yaxshi xotin - oilaning davlati va baxti. Uyning oroyishi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo’lsa - ko’ngil yozig’i, xushmuomala bo’lsa - jon ozig’idir. Xotin yomon bo’lsa, tili achchiq, behayo, dilozor bo’lsa, oilada ko’ngilsizliklar bo’lishini ta`kidlaydi.
«Mahbub ul qulub»ning ikkinchi qismi asosan ahloqiy masalalarga bag’ishlangan. 10 bobdan iborat bu qismda yaxshi fazilat va yomon xislatlar tahlil etiladi. Shoir «Tavba», «Qanoat», «Sabr», «Ta`voze va odob», «Ishq» to’g’risida mulohazalar yuritadi.
Shoir nazarida, «Tavba-gunohkor bandaning ko’ngil ko’zgusini gunoh zangidan tozalaydi. Tavba-baxtsizlik yo’lining oxiri va to’g’rilik yo’lining boshlanishidir... qabih ishlar, sharmandalik va rasvogarchilik tufayli xijolatga qolishdan ogoh bo’lmoqdir...
Shoir nazarida, «Tavba-gunohkor bandaning ko’ngil ko’zgusini gunoh zangidan tozalaydi. Tavba-baxtsizlik yo’lining oxiri va to’g’rilik yo’lining boshlanishidir... qabih ishlar, sharmandalik va rasvogarchilik tufayli xijolatga qolishdan ogoh bo’lmoqdir...
Tavba-haqdan najot tilash vaqti kelganidir, bandaning nafsga tobe` bo’lishini tark etganidir.»
Qanoat masalasida ham Navoiy e`tiborli mulohazalar bayon etadi. «qanoat bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi. Qanoat bir cho’qqiki, unga chiqsang do’st-dushmanga muhtojlikdan xalos bo’lasan. Qanoat ekindir, urug’i boylik, daraxtdir-mevasi muhtojsizlik... Shoir ushbu bobda tavbaning ahamiyati, tamagirlikning yomon oqibatlari haqida fikrlar bildiradi.
O’zbek mumtoz adabiyotida sabr haqida ham ko’p gapiriladi. Uning foydasi, inson hayotidagi ahamiyati haqida anchagina yozilgan. Navoiy ham «Mahbub ul qulub»ning ikkinchi qismida sabrga alohida o’rin bergan. «Sabr-achchiq, ammo foyda beruvchi, u - qattiq, ammo ziyon-zahmatni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir. Sabr - ulovdir - sekin yuradigan, ammo manzilga eltuvchidir. Sabr tuyadirog’ir qadam, lekin bekatga olib boruvchidir. Sabr-nasihatgo’y, tabib...»