Shoir sabr haqida gapirar ekan, o’z fikrlarining dalili sifatida bir hikoyat keltiradi. Unda aytilishicha, bir yigit go’zal qizga oshiq bo’ladi. Yigit tuhmat bilan zindonga tushadi. Uni urib azoblaydilar. Gunohni bo’yniga olishni so’raydilar. U iqror bo’lmaydi. Kaltak zarbidan badani go’shtlari titilib ketadi. Atrof lolazor /qon/ bo’ladi. Majbur bo’lib uni qo’yib yuboradilar. Uning og’zida maydalangan tanga parchalari chiqadi. Odamlar buning sababini so’raganlarida, odamlar orasida o’sha qiz borligini ko’rgani, unga azob berayotganlarida tangani og’ziga solib oladi, ma`shuqasi oldida o’zini tutganini aytib beradi. Qiz uning yoniga kelib shirin so’zlar aytadi. Yigit uchun bu katta baxt edi. Navoiy bu asarida ishq haqida ham mulohazalar yuritadi. Ishqni uchga ajratib tavsiflaydi. Birinchi ishq avom ishqi. Bu ishq keng tarqalgan bo’lib, uning oliy martabasi sha`riy nikohdir. Ikkinchi qism - alohida fazilat egalariga xos ishq bo’lib, bu xos ishqqa mansub shaxslar pok ko’zni pok niyat bilan yuzga soladilar va pok ko’ngil u pok yuzning shavqi-zavqi bilan beqaror bo’ladi.
Shu o’rinda yana bir hikoyat keltiriladi. Majnun va Laylining ishqi, Majnunning ishq azobida jon qolmagan vujudiga Laylining xati tumor va duo o’rnini bosib Majnunni qayta hayotga qaytargani aytiladi.
Shu o’rinda yana bir hikoyat keltiriladi. Majnun va Laylining ishqi, Majnunning ishq azobida jon qolmagan vujudiga Laylining xati tumor va duo o’rnini bosib Majnunni qayta hayotga qaytargani aytiladi.
Uchinchi qism - siddiqlar - haqgo’ylar ishqi bo’lib, ular Haqining jamolini ochiq ko’rish umidi bilan yashaydilar.
«Mahbub ul qulub»ning uchinchi qismi «Turli foydali maslahatlar va maqollar» deb nomlanadi. Har xil foydali pandlar hamda hikmatlarni o’z ichi ga oladi. Unda odam va odamiy lik, chin insoniy fazilatlar to’g’risida xalq tajriba va bilimining qaymog’i sifatida yig’ilgan fikrlar, shuningdek, Navoiyning hayoti davomida to’plangan xulosalari keltirilgandir.
Shoir o’z fikrlarini «Tanbeh» sarlavhasi ostida beradi. Nafs qoralanadi. Bir «Tanbeh»da Shunday deyiladi: «Kamtar odamlar ko’p gapirishdan qochadilar, ular ko’p eshitmoqni istaydilar va yoqtiradilar. Eshitmoq kishini boyitadi, ko’p gapirmoq sayozlatadi. Ko’p gapirgan - ko’p yanglishadi. Ko’p egan - ko’p yiqiladi. Tan kasalining asosi-ko’p emakdir, qalb kasalining sababi ko’p demakdir...»