Alisher Navoyining nutq va notiqlik haqidagi qarashlari reja



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə13/16
tarix26.06.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#135279
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Alisher Navoyining nutq va notiqlik haqidagi qarashlari

Muhammad payg‘ambar (alayhisallom)ning madhi na’t qismida beriladi. Shundan so‘ng Navoiy o‘zi haqida, hayoti, faoliyati qanday kechganligini nimalardan xursand, nimalardan ranjib yashagani qalamga olinadi. Asarning yozishdan ko‘zlagan maqsadi va uning mundarijasi bayon etiladi. Navoiy «umid ulki, o‘qig‘uvchilar diqqat va e’tibor ko‘zibilan nazar solg‘aylar va har qaysi o‘z fahmu idroklariga ko‘ra bahra olg‘aylar, bituvchiga ham bir duo bila bahra yetkurgaylar va ruhini ul duo bila suyundurg‘anlar, — deb muqaddimani yakunlaydi. «Mahbub ul-qulub»ning avvalgi noshirlari davr siyosati va undagihukmron mafkura tazyiqi bilan matnni qisqartirib tayyorlagan edi.Bu nashr e’tiborli qo‘lyozmalar asosida ilk bor to‘liq holda nashr etilmoqda. Natijada Navoiyning tasavvufga munosabati, diniy masalalarni talqin etishdagi pozitsiyasi haqida aniq tasavvur paydo bo‘ladi.

Asardagi nutqning ta`sirchanligiga erishishda tilning tasviriy vositalari

Asardagi nutqning ta`sirchanligiga erishishda tilning tasviriy vositalari

hisoblangan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o’xshatish, epitet, takror va adabiy ko’chirmalarning ham o’rni beqiyosdir. quyidagi misollarga e`tibor beraylik: Odam bo’l, otang kabi axmoq bo’lma – Odam bo’l otang kabi, axmoq bo’lma yoki Mulla a`lam to’g’ri, odam emas – Mulla a`lam to’g’ri, odam emas.

Bu gaplarda ohangning o’zgarishi gap mazmunining tamomila o’zgarib ketishiga sabab bo’lgan. Bulardan tashqari nutqda ta`sirchanlikni ta`minlash uchun maqollar, matallar, hikmatlar, so’z va iboralar, ayniqsa, frazeologizmlardan keng foydalanish zarur.

«Mahbub ul qulub»da turli badiiy vositalar, she`riy parchalar, kichik hikoyalar, maqol va hikmatli so’zlar keng ishlatilgan. Asarda xalq og’zaki ijodiga xos saj` qo’llanilgan.

Tanbeh (123).

Tengri do‘stlari sidqu safo ma’danidur. Yolg‘onchini debdurlarki, tengri dushmanidur.

Tilingni ixtiyoringda asrag‘il, so‘zungni ehtiyot bila degil. Mahallida aytur so‘zni asrama, aytmas so‘z tegrasiga yo‘lama. So‘z borkim, eshituvchi tanig‘a jon kiyurur va so‘z borkim, aytg‘uvchi boshin yelga berur. Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on so‘zla but. So‘zni ko‘nglungda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa tilga surma. Agarchi tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni sipamoq boshqa ofatdur. Aytur yerda unutma, aytmas yerda o‘zungni mutakallim tutma. Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdin qayt. Oqil chindin o‘zga demas, ammo barcha chinni ham demak oqil ishi emas.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin