31-modda. Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport. Nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilish
Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya jismoniy tarbiyaning nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabili-tatsiya qilishning kompleks vositalaridan foydalanuvchi qismidir.
Moslashtiruvchi sport nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilishga hamda ijtimoiy moslashtirishga qaratilgandir.
Nogironlarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning moslashtiruvchi sportini rivojlantirish sport bilan shug‘ullanishning ustuvorligi, ommalashuvi va ochiqligi prinsiplariga asoslanadi.
Nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport usullaridan foydalangan holda jismoniy reabilitatsiya qilish hamda ijtimoiy moslashtirish jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida, shu jumladan reabilitatsiya markazlarida, nogironlarning jismoniy tarbiya-sport klublarida amalga oshiriladi.
Tegishli ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar uchun mashg‘ulotlar bunday ta’lim oluvchilarning shaxsiy qobiliyatlari va sog‘lig‘i holati hisobga olingan, moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport vositalaridan foydalanilgan holda tashkil etiladi.
Maxsus vakolatli davlat organi mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari va nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda nogironlarning hamda jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari vositasida jismoniy tarbiya, jismoniy kamol toptirish va jismoniy tayyorgarlik tizimiga uyg‘unlashuviga kо‘maklashadi.
Maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek nogironlarning jismoniy tarbiya-sport birlashmalari nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar ishtirokida jismoniy tarbiya va sport tadbirlari о‘tkazilishini tashkil etadi, bolalar-о‘smirlar sport-moslashtiruvchi maktablarini, moslashtiruvchi bolalar-о‘smirlar jismoniy tayyorgarlik klublarini tashkil qiladi.