Jismoniy tarbiya va sport


-modda. Xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi



Yüklə 57,05 Kb.
səhifə3/5
tarix21.01.2023
ölçüsü57,05 Kb.
#79935
1   2   3   4   5
1-Mavzu

24-modda. Xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi.
Xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi О‘zbekiston Respublikasi hududida о‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari rо‘yxatini, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini ta’minlash bо‘yicha tadbirlar rо‘yxatini belgilovchi hujjatdir.
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari xalqaro va respublika miqyosidagi Sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga sport turlarining о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kiritiladi.
Xalqaro va respublika miqyosidagi Sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi tegishli kalendar yil boshlanguniga qadar tasdiqlanadi.
Xalqaro va respublika miqyosidagi Sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari rasmiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlaridir.
29-modda. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish.
Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
asosiy ta’lim dasturlari doirasida davlat ta’lim standartlari bilan belgilangan hajmlarda jismoniy tarbiya va sport bо‘yicha majburiy mashg‘ulotlarni, shuningdek qо‘shimcha ta’lim dasturlari doirasida qо‘shimcha (fakultativ) jismoniy mashqlar va sport mashg‘ulotlarini о‘tkazish;
ta’lim oluvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan yoshlarning jismoniy tarbiya sport tayyorgarligi bо‘yicha tadbirlar majmuini о‘tkazish uchun sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash;
ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va sog‘lig‘i holatini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sport kо‘nikmalarini shakllantirish;
о‘quv mashg‘ulotlari paytida jismoniy tarbiya tadbirlarini amalga oshirish;
ta’lim oluvchilarning jismoniy tarbiyasi tashkil etilishi ustidan tibbiy nazorat olib borish;
ota-onalarda yoki ularning о‘rnini bosuvchi shaxslarda bolalarining sog‘lig‘i va ularning jismoniy tarbiyasiga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish;
bolalar va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini hamda jismoniy rivojlanishini har yili monitoring qilish;
ta’lim oluvchilar ishtirokida sport tadbirlarini, shu jumladan xalq ta’limi tizimining ta’lim muassasalari о‘quvchilari («Umid nihollari»), о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘quvchilari («Barkamol avlod») hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari («Universiada») ishtiro-kida uch bosqichli sport musobaqalari tashkil etilishi va о‘tkazilishiga kо‘maklashish.

Yüklə 57,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin