Chaqqonlik – turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan tug‘ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha bо‘lib, о‘z ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan.
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin – asta murakkab mashqlarga о‘tish zarur.
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy о‘yinlar juda qо‘l keladi.
Egiluvchanlik – bu tana bug‘imlarining maksimal amplitudada bukilishi va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi) va tonusiga bogliq. Egiluvchanligini о‘stirish, birinchi navbatda muntazam muvofiq mashqlar bilan shug‘ullanishga bog‘lik.
ADABIYOTLAR RО‘YXATI
Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sport о‘yinlari va uni о‘qitish uslubiyti.
Toshkent., 1991yil. 58 – 62 bet.
Ayrapetyans L.R., Pulatov A. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlashda tanlovning о‘rni. «JT, sport va ma’naviyat» tо‘plami. T., 1995.