Jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə29/99
tarix31.08.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#141168
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
СМО 2 курс умк 2019

Taktik harakatlar


«To‘lqin» kombinatsiyasida uchta o‘yinchi – bog‘lovchi va 3–4-zonalardagi hujumchi ishtirok etadi (22-rasm). 3-zonadagi o‘yinchi past to‘p uzatish (qisqa, uchishda) bilan bo‘ladigan hujumni boshlab berish uchun yugurib keladi. To‘p 4-zonadagi o‘yinchiga, 4 va 3-zonalar oralig‘iga uzatib beriladi. 3-zonadagi o‘yinchi hujum zarbasiga taqlid qilib, raqibning to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarini chalg‘itadi. Bu esa 4-zona o‘yinchisining hujumni samarali yakunlashiga (to‘siqsiz yoki to‘siq qo‘yish kechikkanligi bilan bog‘liq) imkon yaratadi. Kelishuvga asosan to‘p uzatish uzunligi o‘zgartirib boriladi. Agarda to‘pni qabul qilish 4-zonaga yaqin joyda sodir bo‘lgan bo‘lsa, «eshelon» (23-rasm) kombinatsiyasini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bu holda 3-zonadagi o‘yinchining harakati yuqoridagi kabi bo‘ladi, 4-zonadagi o‘yinchi yugurish yo‘nalishini o‘zgartirib, 3-zonadagi o‘yinchining orqasiga o‘tmoqchi bo‘ladi, ammo bu harakatni bir temp keyinroq bajaradi. Ushbu kombinatsiyani to‘p 2-zona yaqiniga uzatilgan bo‘lsa, 3 va 2-zonalarda ham bajarish mumkin.

21-rasm. 22-rasm. 23-rasm.


Taktik harakatlar


«Oldinga krest» kombinatsiyasini 3-zona o‘yinchisi boshlaydi (25 a-rasm), 2-zonadagi sherigi uning orqasiga o‘tib, bir oz kechikib sakraydi va hujumni yakunlaydi.





24-rasm.



a b
25-rasm.


«Orqaga krest» kombinatsiyasida esa harakatlanishni birinchi bo‘lib 2-zona o‘yinchisi boshlab beradi, 3-zona o‘yinchisi esa uning orqasidan 2-zonada hujum qilish uchun harakatlanadi. Bu variantdagi kombinatsiya birmuncha murakkabroq hisoblanadi.


Guruhli hujum taktik harakatlar
Guruhli hujum harakatlari birinchi to‘p uzatishdan keyin ham amalga oshirilishi yuqorida bayon etilgan edi. Bunday hujum harakatlarini faqatgina birinchi to‘p sifatli qabul qilinganda (raqib jamoasi o‘z harakatlarini hujum bilan yakunlay olmasa, o‘yinga kiritilgan to‘p qiyinchilik tug‘dirmasa) amalga oshirish mumkin. Bunda hujum ikki xil variantda yakunlanishi mumkin. Birinchi variantda hujum zarbasi beriladi (26 a-rasm), ikkinchi variantda aldamchi to‘p tashlash (26 b-rasm) amalga oshiriladi.



a b
26-rasm.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin