Jiyanbekov Xurshidbek Ravshanbekovich


Operatsion tizim quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix05.07.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#62652
1   2   3   4   5
Operatsion tizimlar 1 copy

Operatsion tizim quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi: 
1. Ishonchlilik. OS o‘zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo'lishi kerak. OS 
foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni tahlil qilish va tiklash 
holatida bo'lishi kerak. OS foydalanuvchini o‘zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, 
hech bo‘lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zarami minimumga olib kelishi kerak. 
2. Himoya. OS bajarilayotgan masalalami o'zaro bir-biriga ta’siridan himoyalashi kerak. 
3. Bashorat. OS foydalanuvchi so‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. 
Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo‘lsa, ularning 
ketma-ketligi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar natija bir xil bo‘lishi kerak. 
4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu 
resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson 
psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak. 


davomi... 
5. Samaradorlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun tizim 
resurslaridan foydalanish darajasini maksimal oshirishi kerak. Tizimning o ‘zi esa 
iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi zarur. Resurslaming OS tomonidan 
band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi. 
6. Moslanuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. 
Resurslar majmuasi OS samaradorligini oshirish maqsadida ko‘paytirilishi yoki 
kamaytirilishi mumkin. 
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy 
resurslar qo‘shilishi mumkin. 
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo'ladigan 
jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida 
qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin