Avval qayd etganimizdek, OS ning asosiy vazifasi resurslar taqsimoti.
https://www.g2crowd.com/categories/operating-system#highest_rated
Foydalanish uchun qulaylik kriteriysi bo’yicha
Tashkilotlar uchun
Kichik biznes uchun.
DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar
Bu oilaning birinchi vakili — MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System —
Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC
paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan.
DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega:
• EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi;
• Tizimni EHMning boshqa turlariga o‘tishni soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;
• Operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt).
DOS operatsion tizimi oilalarining jiddiy kamchiligi shaxsiy kompyuterlar va
operatsion tizim zaxiralariga ruxsatsiz kirishdan muhofaza vositalarining yo‘qligidir.
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O’zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan,
tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan ishlab
chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi
doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko’ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intra
tarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo’llanadi.
|