WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar
Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan.
Ular qulay grafik
interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va
Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95,
MS DOS operatsion
tizimi va Windows 3.x operatsion qobiqlari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32
razryadli, qisman 16
razryadli operatsion tizimdir.Windows NT operatsion tizimi — eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli
operatsion tizimdir. U ikki xil — Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida
chiqariladi. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun mo'ljallangan.
Windows NT Server axborotning tezkor ishlash vositalariga ega, istalgan aloqa kanallaridan (oddiy telefon
liniyalari ham) foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256
gacha shaxsiy
kompyuterlar ulanish imkoniyatiga, bir necha server esa ommabop tarmoq xizmatini
tashkil etish uchun
foydalanilishi mumkin.
Windows NT Workstation — Windows NT operatsion tizimning versiyasi bo‘lib, lokal kompyuterlar va
ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo'ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli operatsion
tizimdir. Windows NT dagi barcha ilovalar ko‘p vazifalilik rejimida ishlaydi. Ayni paytda Windows NT da
MS DOS va 16 razryadli Windows dasturining barcha ilovalari ham ishlayvermaydi.
Windows NT
Workstation dan maxfiy malumot yoki dasturlami ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tug'ilganda,
shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlami tahlil qilishda foydalanish maqsadga muvofiq.