AL-XORAZMIY NOMIDAGI
Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti
202-biologiya guruhi talabasi Yo’ldasheva Dononing
Botanika fanidan yozgan
JIYDAGULNAMOLAR QABILASI.
Reja.
Kirish.
Asosiy qism
Yopiq urug’li o’simliklarning kelib chiqishi.
Jiydagulnamolar qabilasi tarqalishi va biologiyasi.
Xulosa.
Adabiyotlar sharxi.
Kirish.
Ba'zi ilmiy adabiyot va darsliklarda bu bo'lim urug'chili yoki ginetseyli o'simliklar deb ham yurililadi. Magnoliyatoifalar deb alalishi esa so'nggi yillarda (A.L.Taxtadjan, 1966, 1980, 1987, 1997) qabul etilgan, gulli o'simliklarning kelib chiqishi va klassifikatsiyasi sohasidagi yangi ilmiy dalillarga asoslangan.
M agnoliyatoifalar urug'li o'simliklarning ikkinchi bo'limi bo'lib, tanasining murakkab tuzilganligi, jinsiy ko'payishining o'ziga xosligi (gulning bo'lishi), lurlar sonining va turlicha muhit sharoitiga moslanuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo'lganligi tufayli Yer sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporalilar va ochiq urug'li o'simliklardan keskin farq qiladi. Ular barcha yuksak o'simliklar orasida filogcnetik jihatdan eng yoshi hisoblanib, barq urib rivojlanishi mezozoy erasi bo'r davrining ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. XX asrning boshida gulli o'simliklarning turlar soni 160 mingtagacha deb hisoblangan, asr o'rtalarida 200 mingdan ko'proq va hozirgi kunda esa 533 ta oila, 13000 tacha turkumga mansub 250000 ta atrofida turlar mavjudligi aniqlangan.
B u ajdodning muhim va o'ziga xos xususiyati murtagining ikki urug'pallali bo'lishidir. Ammo kamdan-kam hollarda urug'pallalar
ta yoki 3-4 ta bo'lishi ham mumkin. Barglari bandli, ba'zan o'troq; asosan patsimon, to'rsimon, panjasimon, ba'zi hollardagina parallel yoki yoysimon (chinnigul, zubturum) tomirlangan. Poyada kambiy halqasi mavjud. Shu sababdan ikkilamehi yo'g'onlashishga ega. Po'stlog'i va o'zagi aniq shakllangan. Murtak ildizidan bosh ildiz hosil bo'ladi va u o'q ildiz sifatida o'simlik umrining oxirigacha saqlanadi. Vakillari o't va qisman daraxtlar. Gullari aksariyat 5 qismda 4 a'zoli (jag'-jag'* kurttana, zubturum) bo'lib, ba'zi turlaridagina 3 a'zoli (magnoliya, lavr, otquloq, rovoch va boshqalar), changlari asosan 3 egatchali, ba'zan bir egatchali (sodda oilalar vakillarida). Kcyingi klassifikatsiyalarga binoan (A.Taxtadjyan, 1987) Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) 8 ta kichik ajdod, 429 ta oila, 10.000 ga yaqin turkum va 190.000 dan ko'proq turlarni birlashtiradi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda 125 ta oilaga mansub 8130 tur, O'zbckistonda esa 138 ta oila, 1023 ta turkumga birlashgan 4500 ga yaqin turlar bor.
Dostları ilə paylaş: |