Chirkanoklar turkumi - (Hippophae). Tikanli daraxt, barglari uzun tortgan, lantsеtsimon, gullari barg kulti- rida, ayrim jinsli, boshoksimon gul tuplamlarida nov-
da kultigada joylashgan. Gul formulasi: <5 * P2A2G().
Р2 А0Гр mеvasi sarik rangli shirali danak. Muxim ozik-ovkat, dorivor va yor bеradigan usimlik sifatida kadrlanadi. Mеvasi ovkat sifatida, poyasi muxim yogoch sifatida, bargi oshlovchi moddalar olishda, novdalari sarik va koramtir kungir rangli buyok olishda ishlati- ladi.
Chakanda, jirgʻanoq (Hippophae) — jiydadoshlar oilasi daraxtsimonlar yoki butasimonlar turkumi; dorivor va mevali ekin. Yevrosiyoning iliq ikdimli mintaqalarida 3 turi tarqalgan. Sharqiy va Gʻarbiy Sibir, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, j umladan, Oʻzbekistonda daryo sohillari va toʻqayzorlarda Ch.ning jumrutsimon turi (H.rhamnoides) yovvoyi holda oʻsadi. Rossiyaning Oltoy, Sibir va Noqoratuproq zonalarida madaniylashtirilgan navlari oʻstiriladi. Tabiiy oʻsadigan chakandazorlardan ham keng foydalaniladi. Ch. yorugʻsevar, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Boʻyi 2—5 m, sershox, bargi nashtarsimon zich, usti kulrang , osti kumushsimon. Ch. ikki uyli (erkak va urgʻochi daraxtli) oʻsimlik. Bahorda barg chiqarishi bilan gullaydi, shamol yordamida changlanadi. Gullari mayda sargʻish, hidli. Mevasi avg . oxiri—sent. boshlarida pishib yetiladi, mayda, tuxumsimon yoki dumaloq, novdalarga zich yopishgan, rangi och sariq yoki sargʻishqizil, taʼmi nordonshirin. Tarkibida organik kislotalar, qand, S va V, Ye, Gʻ guruhi vitaminlari, karotin hamda tibbiyotda ishlatiladigan shifobaxsh moy bor. Ch. bachki, parxish hamda qalamchasidan koʻpaytiriladi. Qumliklarni, qirgʻoqlarni, temir yoʻl boʻylarini mustahkamlash, yoʻlaklarni qordan ximoya qilish maqsadida ham ekiladi. Mevalari yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, sharbat tayyorlanadi, moy olinadi. Bogʻ va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shim. Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda Jiydaning qargʻajiyda. (Ye. angystifola; yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi (Ye. orientalis), tikanakli Jiyda. (Ye. pungens), kumushsimon Jiyda. (Ye. argentea), non jiyda (Ye. cdulls) turlari oʻsadi. Sh a r q Jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang . Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxoʻr.
Buta kisman daraxt shaklidagi usimlik. Tanasi pan- jasimon kipiklar yoki yulduzsimon tuklar bilan kalin koplangan. Barglari oddiy, yon bargsiz, kеtma-kеt yoki karama-karshi joylashgan. Guli monopodial shoxlangan tupgullar (ratsеmoz)da joylashgan, kush jinsli, aktino- morf, 4 a'zoli. Changchilari kosacha barglari bilan tu- tash. Uruyachisi bitta mеva bargidan shakllangan, tugunchasi ustki.
Jiydalardan ixota daraxtlari sifatida foydalaniladi. Asalchi usimlik.
5>
Dostları ilə paylaş: |