Jizpi ym yo’nalishi 676-21-guruh talabasi Tabiatda suvning aylanishi mavzusida tayyorlagan slayd taqdimoti



Yüklə 9,22 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü9,22 Kb.
#180765
1   2   3   4

Yogʻinlarning umumiy miqdori

Ikkita qutbiy zonalarga jami yogʻinning atigi 4% toʻgʻri keladi. Dunyo okeani uchun bugʻlanish yogʻinlar miqdoridan koʻp, quruqlik uchun esa — kam.Dunyo okeani yuzasidan yiliga oʻrtacha 1250 mm (450 ming km³) qalinlikdagi suv qatlami bugʻlanadi, shundan 1120 mm okeanga yogʻin shaklida qaytib keladi va 130 mm — quruqlikdan oqib tushadi. Yiliga quruqlik yuzasidan oʻrtacha 410 mm (61 ming km³) suv qatlami bugʻlanadi, yogʻin esa quruqlikka 720 mm miqdorda tushadi. Bugʻlanishdan tashqari quruklik oqib tushish orqali 310 mm (47 ming km³) suv yoʻqotadi (bu esa Qora dengizdagi suvning miqdoridan ʻGʻ2 marta koʻproq). Yerning ayrim mintaqa va oblastlari uchun Suv aylanishi tarkibini tashkil etuvchilarning nisbati oʻrtacha sharoitlardan keskin farqlanishi mumkin.

Suvning davriy aylanishi

Yogʻinlarning umumiy miqdori bugʻlanishdan ancha koʻp yoki kam boʻlgan oblastlar mavjud. Okeanlar yuzasidan bugʻlangan suv yogʻin shaklida nafaqat okeanlarga, balki suv bugʻi havo oqimi bilan koʻchirilgan materik ustiga ham tushadi. Quruklikka suv shaklida yogʻadigan yogʻinlar asosiy qismining kelib chiqishi okean bilan bogʻliq. Quruqlikka yogʻib va yana bugʻlanib, ushbu suv takroran shu materik yoki materik oblastiga yogʻishi mumkin (ichki Suv aylanishi). Ichki Suv aylanishi barcha yogʻinlar miqdorining ayrim qismini tashkil qiladi.Yer yuzidagi suvning aksariyat qismini okeanlarda mavjud shoʻr suv tashkil etadi. Odamzod uchun zarur boʻlgan chuchuk suvning faqat oz qismigina foydalanishga yaroqlidir.Yer yuzasida tarqalgan suv faol aylanishi mumkin, ammo Yerdagi suvning katta qismi muzliklar, okeanlar va yerosti suv havzalaridan oʻrin olgan; bu yerda suvning aylanishi ancha sekin boʻladi.Suv aylanishi murakkab jarayon boʻlib, u suvning agregat holati oʻzgarishi, shuningdek, suvning ekotizim ichidagi va ekotizimlararo harakatiga bogʻliq.Yerosti suvlari yer ostidagi tuproq zarralari va toshlarning yoriqlari orasida joylashgan. Suv havzalari suv zaxiralari boʻlib, koʻpincha quduqlardan tortib olinadi.


Yüklə 9,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin