Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi
Suv jonli mavjudotlar uchun juda muhimdir. Bilasizmi, tanamizning yarmidan koʻprogʻi suvdan iborat, agar odam hujayralarini koʻzdan kechirsak, ularning 70% dan koʻproq qismi suvdan iboratligini aniqlaymiz! Shunday qilib, biz yerdagi boshqa koʻplab organizmlar kabi tirik qolish uchun ishonchli ichimlik suvi manbasiga muhtojmiz.
Yer yuzidagi suvning 97,5% i shoʻr suvdir. Qolgan suvlarning 99% dan ortigʻi yerosti suvlari yoki muzliklar shaklida uchraydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, toza suvning 1% dan kamrogʻi koʻllarda, daryolarda va boshqa yuza shakllarda tarqalgan.Koʻplab tirik mavjudotlar hayoti yerusti chuchuk suvining oz miqdordagi taʼminotiga bogʻliq va suv yetishmasligi ekotizimga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Albatta, odamlar suv taʼminotini oshirish uchun baʼzi texnologiyalarni oʻylab topishgan. Bular sirasiga yerosti suvlarini olish uchun quduq qazish, yomgʻir suvini yigʻish va ummondan toza suv olish uchun suvni chuchuklashtirish yoki tuzsizlantirishlar kiradi. Shunday boʻlsa-da, bugungi kunda ham dunyoning koʻp qismlarida toza, xavfsiz ichimlik suvi mavjud emas.
Yer kurrasida suv muvozanati
Yerdagi suvning koʻp qismi aylanishda (bir joydan ikkinchi joyga oʻtishda) faol qatnashmaydi. Buni quyidagi rasmda koʻrishimiz mumkin, bunda har bir yirik suv havzasidagi suv molekulasining individual sarf qiladigan oʻrtacha vaqti koʻrsatilgan, bu oʻlchov yashash davri deb ataladi. Okeanlar, yerosti va muz shaklidagi suvlar juda sekin aylanib boradi. Faqat yer yuzasidagi suv tez aylanadi.Suvning aylanishini quyosh energiyasi harakatga keltiradi. Quyosh okean va boshqa yerusti suvlarini isitishi natijasida suyuq holdagi suv bugʻlanadi va muzlar ham toʻgʻridan toʻgʻri qattiq holatdan gazga oʻtadi. Quyosh tomonidan boshqariladigan bu jarayonlar suvni bugʻ shaklida atmosferaga olib chiqadi. Vaqt oʻtishi bilan atmosferadagi suv bugʻlari bulutlarga aylanadi (yaʼni kondensatsiyalanadi) va natijada yogʻingarchilik boʻlib, yomgʻir yoki qor shaklida yer yuziga tushadi. Yogʻingarchilik sodir boʻlganda u bilan birga turli variantdagi jarayonlar boʻlishi mumkin: u yana bugʻlanishi, sirt ustida oqib ketishi yoki sizib oʻtib, yerga singib ketishi mumkin.