Tabiatda suvning aylanishi mavzusida tayyorlagan slayd taqdimoti
Suv aylanishi, namlik aylanishi
Suv aylanishi, namlik aylanishi — suvning Yer geografik qobigʻida uzluksiz koʻchish jarayoni. Koʻpincha, uning fazoviy oʻzgarishlari bilan birga kuzatiladi. Asosan, suvning bugʻlanishi (rayemga q.), suv bugining masofaga koʻchishi (8), uning kondensatsiyalanishi, bulutlarning yogʻin shaklida tushishi (2, 3), tushgan yogʻin suvining yerdan sizib oʻtishi (5) — infiltratsiyasi va suvning oqib tushishidan (6, 7) tarkib topgan. Suv havza, tuproq va oʻsimliklar yuzasidan bugʻlanib atmosferaga suv bugʻi shaklida koʻtariladi. Atmosferada suv bugʻi turbulentli diffuziya vositasida yuqoriga tarqaladi va havo oqimi yordamida Yer ustining bir joyidan boshqa joylariga koʻchadi. Nam havo temperaturasining pasayishi natijasida suv bugʻi ham adiabatik (qarang Adiabatik jarayon), ham issiklikni qaytarishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga oʻtib kondensatsiyalanadi; budut va tumanlar hosil boʻladi. Suv bugʻining kondensatsiyalanishi qisman Yer usti gidrometeorlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Shuningdek, bulutlar havo oqimlari orqali ham koʻchiriladi.
Suvning bugʻlanishi
Suv Yer yuzasiga bulutlardan yogʻin shaklida tushib yana bugʻlanadi va h.k. Bunda quruqgtikxa tushgan suvning bir qismi havzalarga oqib tushadi. Issiqlikning aylanishi va atmosferaning umumiy sirkulyasiyasi bilan birga Suv aylanishi asosiy iqlim hosil qiluvchi jarayonlardan biridir. Yer yuzidan suvning umumiy miqdori hozirgi geologik va tarixiy davrda oʻzgarmay qoladi; bunda Dunyo okeanining sathi va atmosferaning oʻrtacha nam saklashi ham oʻzgarmaydi. Bu, demak, butun Yer shari uchun uzoq davr davomidagi yogʻinlar bugʻlanishiga tengdir. Yerga bir yilda oʻrtacha tushadigan yogʻin miqdori qatlami bal. 1000 mm, yaʼni 511 ming km³ ga teng (taxminan Qora dengizdagi suv miqdoridan 7 marta ziyod). Bu miqdorning 21% (108 ming km³) quruqlikka tushadi va 79% (403 ming km³) okeanlarga yogʻadi. Barcha yogʻinlarning deyarli yarmisi shu kabining 20° va j.k.ning 20° orasida tushadi.