Buxoro shahar 24-umumta’lim maktabi Biologiya fan o’qituvchisi Olimova Maxfuza sobirovnaning tayyorlagan slayd taqdimoti



Yüklə 5,38 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü5,38 Kb.
#170491
5-sinf biologiya

Buxoro shahar 24-umumta’lim maktabi Biologiya fan o’qituvchisi Olimova Maxfuza sobirovnaning tayyorlagan slayd taqdimoti

Dars maqsadi:o’quvchilarga tuban osimliklar haqida to’liq malumot berish


Mavzu:Tuban o’simliklar
2.Ko’p hujayrali suv o’tlar
1.Bir hujayrali suv o’tlar
Reja:

Spirogira (Spirogyra) — konʼyugatlar sinfiga mansub suvoʻtlar turkumi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Iplari shoxlanmagan, 4—200 mkm kenglikda, bir qator hujayralardan iborat. Hujayralarida bittadan bir nechtagacha spiral oʻralgan xromotoforalari boʻladi. Vegetativ va jinsiy koʻpayadi. Vegetativ kupay i shi noqulay sharoitda bir qancha hujayralarga ajralishi yoki iplarning tasodifiy uzilishi orqali sodir boʻladi. Jinsiy konʼyugatsiya orqali koʻpayishi 2 ta spirogira iplarining parallel joylashib, konʼyugatsiyalangandan soʻng hosil boʻlgan zigotadan yangi S. oʻsib chiqishidan iborat. 340 ga yaqin turi maʼlum. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi; koʻpincha suv yuzasida yoki suv tubidagi balchikda "baqatoʻn" deb ataladigan toʻshalma hosil qiladi.

Xlorella (Chlorella) — bir hujayrali xlorokokk suvoʻtlar urugʻi. Hujayrasi sharsimon, 15 mkm, qobigʻi silliq, 4—8 (baʼzan 16) tagacha avtosporalar hosil kilish orqali jinssiz koʻpayadi. 20 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi tarkalgan. Chuchuk va dengiz suvlarida, nam tuprokda uchraydi; lishayniklar va suvda yashovchi organizmlar tanasida simbioz yashaydi. Oqar suvlarni biologik tozalashda, yopiq ekosistemalar (mas, kosmik kemalar, suv osti kemalari)da havoni qayta tozalashda va fotosintez jarayonlarini oʻrganishda keng miqyosda foydalaniladi.

Ulotriks (Ulothrix) — ulotriksdoshlar oilasiga mansub ipsimon shoxlanmagan koʻp hujayrali yashil suvutlar turkumi. Xujayrasida bitta tasmasimon xromatofor, bitta yoki bir nechta pirenoid, bitta yadro bor. Bir vaqtning oʻzida jinssiz va jinsiy koʻpayadi. Ayrim hujayralarida toʻrt xivchinli zoosporalar yetishsa, qoʻshni hujayralarida ikki xivchinli izogametalar hosil boʻladi. Zigotasi reduksion boʻlinib, gaploid hujayralar hosil qiladi. Ularning biridan yangi U. unib chiqadi U.ning 25 turi chuchuk suvlar va dengizlarda tarqalgan.

Spirogira (Spirogyra) — konʼyugatlar sinfiga mansub suvoʻtlar turkumi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Iplari shoxlanmagan, 4—200 mkm kenglikda, bir qator hujayralardan iborat. Hujayralarida bittadan bir nechtagacha spiral oʻralgan xromotoforalari boʻladi. Vegetativ va jinsiy koʻpayadi. Vegetativ kupay i shi noqulay sharoitda bir qancha hujayralarga ajralishi yoki iplarning tasodifiy uzilishi orqali sodir boʻladi. Jinsiy konʼyugatsiya orqali koʻpayishi 2 ta spirogira iplarining parallel joylashib, konʼyugatsiyalangandan soʻng hosil boʻlgan zigotadan yangi S. oʻsib chiqishidan iborat. 340 ga yaqin turi maʼlum. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi; koʻpincha suv yuzasida yoki suv tubidagi balchikda "baqatoʻn" deb ataladigan toʻshalma hosil qiladi.

Laminariya — laminariyasimon qoʻngʻir suv oʻtlari turkumi (qarang Dengiz karami)

Qiziqarli savollar

1.O’simliklar qaysi xususiyatga ko’ra tuban va yuksak o’simliklarga bo’linadi? 2.Faqat suvo’tlarga xos belgilarni ayting. 3.Bir hujayrali suvo’tlarga qaysi o’simliklar kiradi? 4.Qaysi suvo’tlarni iste’mol qilsa bo’ladi?

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!


Yüklə 5,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin