30
10-LАBОRАTОRIYA ISHI
Lаbоrаtоriya ishining nоmi:
Aralashtirish yo‘li bilan jismlarning solishtirma issiqlik
sig‘imini aniqlash
Lаbоrаtоriya ishini bаjаrish sаnаsi:______________________
Ishning mаqsаdi
Moddalarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash.
Kеrаkli аsbоblаr vа buyumlаr:
Kerakli asbob va jihozlar:
1(ta) Dyuar idishi, 1(ta) Dyuar
idishi g’ilofi, 1(ta) mis pitra, 200 g, 1(ta) shisha pitra, 100 g, 1(ta) qo’rg’oshin pitra, 200 g,
1(ta) o’quv laboratoriya torozisi 610 Tare, 610 g, 1(ta) termometr -10 °C dan +110 °C gacha
yoki 1(ta) NiCr-Ni temperatura datchigi, 1(ta) raqamli termometr, 1(ta) Bug’ generatori, 550
Vt / 220 V, 1(ta) Qizdirish apparati, 1(ta) menzurka, 400 ml, 1(ta) V-shaklsimon shtativ
asosi, 20 sm, 1(ta) shtativ ustuni 47 sm, 1(ta) multi tutgichlar Leybold, 1(ta) Universal
tutgich, diametri 0...80 mm, 1(ta) Silikon quvurlar, ichki diam. 7×1.5 mm, 1 m., 1(ta) bir juft
issiqlikka chidamli qo’lqop.
Bu vaqt mobaynida:
1.
Bo’sh Dyuar idishining massasini aniqlang, shundan so’ng unga taxminan 180 g
suv quying.
2.
Dyuar idishini g’ilofga soling va mos ravishda termometr yoki temperatura
datchigini qo’ying.
3.
Suv temperaturasini t
2
o’lchang. Dyuar idishining qopqog’ini oching va uni chetga
suring; namunalar uchun mo’ljallangan to’rni Dyuar idishiga kiriting.
4.Temperaturasi 100 °C bo’lgan pitralarni namunalar uchun mo’ljallangan to’rga
tashlang, qopqoqni yoping va pitralarni suv bilan astoydil aralashtiring.
5.Suv temperaturasi ko’tarilmay qolganda, aralashmaning temperaturasini aniqlang.
6.Qo’shimcha ravishda pitralarning massasini m aniqlang.
7.Mis va shisha pitralar bilan tajribani takrorlang.
8.Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing.
Tajribalar
Dostları ilə paylaş: