Жиззах вилояти божхона бошқармаси бошлиғи, божхона хизмати подполковниги



Yüklə 14,4 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü14,4 Kb.
#179608
M A J B U R I Y A T N O M A


M A J B U R I Y A T N O M A
Bojxona organlari xizmatiga nomzod _____________________________
________________________________________________________________
(F.I.Sh.)
ning o‘zi, ota-onasi va turmush o‘rtog‘i bilan o‘tkazilgan suhbatda quyidagi majburiyatlar belgilandi:
1. Nomzodning majburiyatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Xalqiga halol, vijdonan va sadoqat bilan xizmat qilish, Vatan manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga itoat qilish, xizmat vazifasini qonun doirasida bajarish;
Xizmatga sodiq bo‘lish, sotqinlik, xoinlik qilmaslik, davlat va xizmat sirlarini oshkor qilmaslik, texnika va qurol aslahalardan avaylab foydalanish;
Noqonuniy ishlarga qo‘l urmaslik, qonunbuzarlarga sherik bo‘lmaslik, davlat va bojxona mulkiga ziyon yetkazmaslik, xizmat avtoulovini ruxsatsiz va shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik;
Kasbdoshi xizmat burchini o‘tayotgan paytda og‘ir vaziyatda qolsa, yordam berish;
Bojxona obro‘sini toptovchi tuhmat va ig‘vo qilmaslik, rahbariyatga yolg‘on ma’lumot bermaslik;
Bojxona organlari boshlig‘i buyrug‘i bilan yuborilgan hududda va tayinlangan lavozimda halol va itoat bilan xizmat qilish;
Tanishlari, ota-onasi, farzandi va turmush o‘rtog‘idan vositachi sifatida foydalanib, turli vaj va kasallikni sabab qilib lavozimini, xizmat hududini o‘ziga mos ravishda o‘zgartirishga urinmaslik;
Fuqarolar va hamkasblariga nisbatan xushmuomalada bo‘lish, ularga qo‘pollik qilmaslik;
Lavozim vakolatini suiiste’mol qilmaslik, fuqarolar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan ta’magirlik qilmaslik;
Ishga kelib-ketish tartibi, xizmat va ijrochilik intizomini buzmaslik, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, spirtli ichimlik iste’mol qilishga, maishatbozlikka ruju qo‘ymaslik;
2. Nomzodning ota-onasi va turmush o‘rtog‘ining majburiyatlari:
Farzandidan (turmush o‘rtog‘idan) bojxona masalalarida yaqinlari va tanishlariga uning vakolatiga kirmaydigan va qonunga zid ko‘mak berishni so‘ramaslik, talab qo‘ymaslik, qonunbuzishga undamaslik, lavozimini suiiste’mol qilib pul va boylik orttirishni so‘ramaslik;
Bojxona qo‘mitasi rahbariyatiga farzandi (turmush o‘rtog‘i) noqonuniy ishlarga yo‘l urmasligida tarbiyaviy yordam berish;
Bojxona qo‘mitasi rahbariyatidan farzandini (turmush o‘rtog‘i) o‘zlari istagan lavozim va hududga yuborish yuzasidan murojaat qilmaslik.
3. Nomzod, uning ota-onasi va turmush o‘rtog‘ining ogohlantirilganligi:
Farzandimizni bojxona tizimiga xizmatga qabul qilinishi evaziga hech kimga pora va boshqa qimmatliklarni bermaslik haqida ogohlantirildik. Agar bojxona xodimi yoki vositachi pora talab qilsa, bu haqida Bojxona qo‘mitasi ishonch telefoniga (55-502-76-00 yoki 11-08) yoki hududiy boshqarma boshliqlariga ma’lum qilishimiz lozimligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210- (pora olish), 211- (pora berish), 212- (pora
olish-berishda vositachilik qilish)
moddalariga asosan sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrar ekanligi tushuntirildi.
Farzandimiz (turmush o‘rtog‘im)ni O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xizmatiga kirishi yuzasidan e’tirozimiz yo‘q, qaerda bo‘lmasin, Bojxona qo‘mitasi rahbariyati tomonidan xizmat yuzasidan yuborilgan respublikamizning istalgan hududida xizmatni o‘tashiga rozimiz.
Nomzod va uning yaqin qarindoshlari jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, bu haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab uch kun ichida bildirgi orqali bojxona organi boshlig‘iga xabar berishi lozimligi haqida ogohlantirildik.


Nomzod: __________ _______________________
Imzo F.I.Sh


Otasi: __________ _______________________
Imzo F.I.Sh


Onasi: __________ _______________________
Imzo F.I.Sh


Turmush o‘rtog‘i: __________ _______________________
Imzo F.I.Sh


Izoh: Majburiyatnoma nomzodni dastlabki o‘rganish bosqichida nomzod, uning ota-onasi va turmush o‘rtog‘i ishtirokida bir nusxada to‘ldiriladi. Nomzod, uning ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining og‘zaki so‘roviga asosan majburiyatnomadan nusxa berilishi mumkin.
Yüklə 14,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin