Bolaning g’ashini keltiradigan xulq atvori – ko’p xollarda ongli ravishda amalga
oshirilgan xolat bo’lib, katta odam bilan bola o’rtasida yuzaga keladigan psixologik xolatning
natijasida namoyon bo’ladi va bolaning kattalar irodasiga qarshiligi bildiradi.
Bolaning ichki pozisiyasi – bolaning o’z tengdoshlari guruhidagi obyektiv o’rni xamda o’zi
egallagan va egallashni xoxlashgan o’rniga nisbatan munosabati.
Bolaning qonuniy vakillari – ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, xomiylar.
Burch – ma’naviy sohada yuksak mas’uliyat, lafzi xalollik, va’daga vafo qilish; xuquqiy
sohada qonun xujjatlari, shartnoma, ish bo’yicha yuklangan majburiyatlarning bajarilishiga
mas’ullikni anglatuvchi burch inson ma’naviyatining tarkibiy qismi, ma’naviyat falsafasining
fundamental kategoriyalaridan biridir. Bu tushuncha shaxs zimmasiga yuklatilgan talablarga
nisbatan ma’suliyati va majburiyatini bajarish ma’naviy zaruriyatga aylanishni ifodalaydi. Burch
anglangan xolda tanlab olingan taqdirdagina ma’naviy axloqiy kategoriya sifatida amal qiladi.
Bo’g’in – nutq apparati mushaklarining bir zarb bilan xarakatlanishi natijasida yuzaga
keladigan tovush yoki tovushlar birikmasi. O’zbek tilida unli tovushlar bo’g’ini xosil qiladi. Bo’g’in
qanday tovush bilan tugashiga ko’ra ikki turga bo’linadi: unli tovush bilan tugaydigan bo’g’in
ochiq, undosh bilan tugaydigan bo’g’in yopiq bo’g’in xisoblanadi. Bo’g’in urg’uli, nisbatan past,
kuchsiz talaffuz etiladigan bo’g’in urg’usiz bo’ladi.
V Vazn – jism o’zining erkin yiqilishiga to’sqinlik qiladigan gorizontal tayanchga ta’sir
ko’rsatadigan kuch. Sensor tarbiya jarayonida bolalar bog’chasining katta guruhida vazn xissini
rivojlantirishga qaratilgan ish olib boriladi. Bolalar predmetlar vaznini qo’lda chamalab, sodda
tarozida tortib ko’rib qiyoslashga o’rganadilar, “yengil” va “og’ir” tushunchalarini farqlaydilar.