Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/58
tarix06.07.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135823
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Jizzax davlat pedagogika instituti (2)

Vaqtni idrok etish – 
obyektiv voqyelik xodisalarini vaqtda va ketma ketlikda idrok etish. 
Maxsus, mustaqil vaqt analizatori mavjud emas. Vaqtni idrok etish asosida ta’sirlanish va 
tormozlanishning ritmik almashinishi, ularning dinamikasi yotadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
vaqtni idrok etish boshqa idrok etish turlariga qaraganda murakkabroq kechadi. Uni o’zlashtirishda 
ko’rgazmali misollardan foydalanish muhim axamiyatga ega. Shuning uchun rasmlar, didaktik 
o’yinlar va boshqa usullardan ko’proq foydalanish lozim. 
Videoqo’llanma – 
bolalar uchun bilim olishga xizmat qiladigan videodastur; atrof olam, 
tabiatni o’rganish, atrof muxitda xavfsizlik va mustaqillik asoslari to’g’risida tasavvurlarni 
rivojlantirishga qaratiladi; bolalarni tasviriy san’at, xalq Seminar san’ati namunalari, ona tabiat, 
o’lka va mamlakat tarixi bilan tanishtirish uchun qo’llaniladi va yordamchi o’quv materiali 
vazifasini o’taydi, an’anaviy ko’rgazmali ta’lim vositalariga qo’shimcha xisoblanadi. Pedagoglar va 
ota onalar uchun metodik qo’llanma sifatida tavsiya etiladi. 
Vizual tafakkur – 
qo’yilgan masalalarni axborot jixatdan tarbiyalash va ular bo’yicha qaror 
qabul qilishga yo’naltirilgan bilish jarayonlaridan biri. Bu jarayon yo maqsad sari yo’naltirilgan 
xatti xarakatlar yoki obrazlar ustida manipulyasiyalash olib borish, ularning tranformasiyasi, “aqlda 
aylantirish” kabi ongsiz (g’ayriixtiyoriy) operasiyalar vositasida amalga oshiriladi. Vizual tafakkur 
mevalari sifatida muayyan ma’na kasb etgan yangi obrazlar tug’iladi, yangi vizual shakllar 
yaratiladi. 
Viktorina – 
o’quvchilarga o’quv materiali yuzasidan jumboqli topshiriqlar berishga 
asoslangan mashg’ulot turi. 
Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarlik profilaktikasi – 
voyaga 
yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, ular tomonidan xuquqbuzarliklar yoki boshqa 
g’ayriijtimoiy xatti xarakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart sharoitlarni 
aniqlash xamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda 
amalga oshiriladigan ijtimoiy, xuquqiy, tibbiy va boshqa chora tadbirlar tizimi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin