Jizzax davlat pedagogika instituti


Zaif eshituvchi bolalar –



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/58
tarix06.07.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135823
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Jizzax davlat pedagogika instituti (2)

Zaif eshituvchi bolalar – 
nutqni egallashga va nutqiy muloqotga to’sqinlik qiladigan 
eshitishi pasaygan bolalar. Zaif eshituvchi bolalarda eshitishning pasayishi turlicha bo’lishi, ya’ni 
shivirlagan nutqni idrok etishdan boshlab, so’zlashuv balanligidagi nutqni idrok etishdagi 
qiyinchiliklar bilan ifodalanishi mumikn. Zaif eshituvchi bolalarning gutqiy xolati eshitishning 
pasayish darajasi va vaqti, tarbiyalash sharoiti, uning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. 
Zararli odatlar – 
shaxs yoki butun bir millat, jamiyatga tegishli ma’naviy, madaniy, 
moddiy o’zaro munosabatlar, dunyoqarash va xk. nuqtai nazaridan g’ayriinsoniy yoki g’ayriodatiy 
deb bilinadigan xususiyatlarni ifodalovchi tushuncha. Zararli odatlar insonning ma’naviyat 
talablarini yaxshi anglamagani, ma’naviy tamoyillarga amal qilmagani, noto’g’ri tarbiyalangani 
oqibatida kelib chiqadi. 
I
Idrok – 
sezgi organlariningreseptorlarga tashqi jismoniy qo’zg’atuvchilarning bevosita 
ta’sir ko’rsatishida yuzaga keladigan predmetlar, vaziyatlar va voqyea xodisalarning bir butun yaxlit 
aksi. Idrok etish, sezish jarayonlari bilan birga qo’shilib, atrof muxitda sezgilar vositasida bevosita 
yo’nalish topish imkonini beradi. 
Idrokning kontaktliligi – 
jismoniy idrok etish shart sharoitlaridan qat’iy nazar, 
predmetlarni ularning rangi, shakli, katta kichikligi bo’yicha nisbatan bir xilda idrok etish 
qobiliyati. 
Ijara – 
mulk shartnomasi; ushbu shartnoma bo’yicha mulk egasi ijarachiga muayyan to’lov 
evvaziga mustaqil ravishda xo’jalik yo boshqa faoliyat yuritish uchun vaqtinchalik foydalanishga 
beradi. 
Ijodiy tafakkur – 
erkin fikrlash va ijodkorlik tamoyili ustun bo’lgan tafakkur shakli. 
Ijodiy faoliyat – 
tubdan yangi va moddiy va ma’naviy qimmatliklar yaratishda namoyon 
bo’ladigan nostandart, o’ziga xos natijalarga olib keladigan o’xshashi yo’q faoliyat. Ijodiy faoliyat 
uchun ichki va tashqi psixologik shart sharoitlarning birikuvi zarur bo’lib, buning natijasida ijodkor 
shaxsning o’z-o’zini namoyon qilishga, o’zining ijodiy qobiliyatlari va intuisiyasini rivojlantirisha 
bo’lgan ehtiyoji faollashadi. 
Ijodiy xikoya –
xayoliy xikoya; u avvalgi tajribani yangi vaziyatda qo’llashga, biron 
voqyeani xayoldan tasavvur qilishga asoslanadi yoki o’ylab topilgan, uydirma material asosida 
tuziladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin