Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə1/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Sirtqi bo‘lim “Tasviriy san’at va
muhandislik grafikasi” yo`nalishi 801-guruh talabasi
ALIQULOV GULRUHNING
Haykaltaroshlik san’ati.Filipp Grischenkomavzusida
Tayyorlagan

KURS ISHI

Jizzax – 2023
Mavzu: Ajraladigan birikmalar va unga oid grafik vazifalar
Reja:
Kirish
1-Bob
1.1 Umumiy ma’lumotlar.
1.2 Briktiruvchi detallarning turlari.

2-Bob
2.1 Rezbali brikmalarning geometrik parametrlari.
2.2 Boltli brikma.
3-bob
3.1 Shpilkali brikmalar.3.2 Vintli va shpilkali brikmalar.
XULOSA

Krish:Ajraladigan birikmalar va unga oid grafik vazifalar
Ajraladigan birikmalar qo‘zg‘aladigan va qo‘zg‘almaydigan bo‘ladi. Birikma
detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya’ni ular o‘zaro mustahkam biriktirilgan bo‘lsa, qo‘zg‘almas birikma deyiladi. Qo‘zg‘aladigan birikmalarga shponkali, shlitsali, shpindelli, vintli birikmalar kiradi. Qo‘zg‘almaydigan birikmalarga boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar kiradi. Joriy nazoratda fanning o‘qitiladigan har bir mavzusi yuzasidan talabaning kundalik o‘zlashtirish jarayoni tekshiriladi, nazorat qilinadi va tahlil olib boriladi. Buning asosida o‘qituvchi keyingi pedagogik faoliyatini rejalashtiradi. Chizmachilik fanining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning mavzularini o‘rganayotgan kishiga ikki karra yuklama qo‘yishidir. Ya’ni o‘rganuvchidan mavzuni nazariy jihatdan o‘zlashtirish bilan birgalikda unda bayon etilgan grafik amallarni bajara olishni, detal yoki buyumlarning chizmalarini taxt qilishni, buyumning berilgan chizmalarini o‘qishni bilishi talab etiladi. Ajraluvchi birikmalar mashina detallarini bir-biri bilan biriktirishda keng qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishda ajraluvchi birikmalarning chizmalarini taxt qilishga to‘g‘ri keladi.
Chizmachilik fani ishchi o‘quv dasturining “Mashinasozlik chizmachiligi”
bo‘limida ajraluvchi birikmalar bo‘yicha talabalar bajarishi lozim bo‘lgan quyidagi
grafik vazifalar belgilangan.
1. Boltli birikma ish chizmasini bajarish.
2. Shpilkali birikma ish chizmasini bajarish.
3. Vintli birikma ish chizmasini bajarish.
4. Shrupli birikma ish chizmasini bajarish.
5. Trubali birikma ish chizmasini bajarish.
Ushbu mazmundan kelib chiqqan holda shuni xulosa qilish mukinki, ajraluvchi birikmalarning ish chizmasini bajarish uchun avvalo biriktirish 85 detallarining chizmasini bajarishni bilish lozim bo‘ladi. Ya’ni ajraluvchi birikmalar ish chizmasini bajarish uchun biriktirish detallaridan bolt, gayka, shayba, vint, shurup, shpilka uyasi, fitinglarning parametrik formulalarini, chizmachilik ma’lumotnomalaridagi maxsus jadvallardan foydalana olishi shart. Biriktirish detallari avvalgi paragrafda bayon etildi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin