Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə9/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh

Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: qalinliklari H1=80 mm, H2=30 mm bo‘lgan ikki detal diametri d=20 mm li shpilka yordamida biriktirilsin (6.9-rasm). Ushbu shpilkali birikmaning ish chizmasi quyidagi bosqichlarda bajariladi. shaybaning o‘lchamlari aniqlanadi: D=2d=2×20=40 mm; h=0,8d=0,8×20= =16 mm; Dsh=2,2d=2,2×20=44 mm; s=0,15d=0,15×20=3 mm. So‘ngra birikuvchi H2 detalda shpilka erkin kirishi uchun D1=1,1d=1,1×20=22 mm o‘lchamga teng silindrik teshik ochiladi. Endi balandligi H1 bo‘lgan birikuvchi detalga shpilka uyasi ochiladi. Bizning misolimizda birikuvchi detallar po‘latdan tayyorlanganligi sababli shpilkaning detalga burab kirgiziladigan uchi uzunligi l1=d=20 mm, shpilka uyasining chuqurligi l1 + 0,5d=20+0,5×20=20+10=30 mm bo‘ladi. Shpilka uyasining tubiga to‘liq rezba ochish shart emas. Ushbu rezba ochilmagan masofa 0,25d=0,25×20=5mm bo‘ladi. Biriktirish detallarining o‘lchamlari aniqlangandan keyin chizma qog‘ozida hoshiya va asosiy yozuv o‘rni chiziladi hamda biriktiriladigan detalning simmetriya o‘qlari va ko‘rinishlari bajariladi (6.9-rasm, a). 2-bosqich. Bu bosqichda shpilka uyasiga shpilkaning rezba ochilgan l1 uchi burab kiritiladi, keyin balandligi H2 bo‘lgan detal 22 mm li silindrik ochiq teshigi orqali shpilkaga kirg‘aziladi. So‘ngra shayba hamda gaykalar yordamida shpilkali birikma hosil qilinadi. Shuningdek, shpilkaning l uzunligi aniqlanadi: l=H2+1,3d=30+1,3×20=30+26=56 mm. Bunda shpilka va H2 detaldagi silindrik teshik konturlari orasida tirqish (zazor) qoladi. Shuningdek, shpilka va gaykalarning soddalashtirilmagan holatda chizishni tavsiya qilamiz. Birikmaning
frontal va profil proyeksiyalarida zarur qirqimlar bajariladi. Bunda shpilka, shayba
va gayka qirqib ko‘rsatilmaydi (6.9-rasm, b). 3-bosqich. So‘nggi bosqichda shpilkali birikmaning zarur o‘lchamlari qo‘yiladi. Bu yerda jami beshta o‘lcham bo‘ladi, ya’ni, biriktiriluvchi detallarning qalinliklari (H1 va H2) va eni, shpilka diametri va gaykadagi kalit (klyuch) o‘lchamlari qo‘yiladi. Chiziq turlariga rioya qilingan holda chizma taxt qilinadi (6.9-rasm, c).
6.2-jadvalda shpilkali birikmaga oid variantlar berilgan. Talaba undan o‘z variantini olib, yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar asosida mustaqil ravishda shpilkali birikma ish chizmasini bajaradi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin