Jizzax davlat pedagogika instituti


Rezbali detalning eskizini bajarish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə6/11
tarix13.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#175138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aliqulov Gulruh

7. Rezbali detalning eskizini bajarish.
Eskiz to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Eskizlar chizmachilik asboblarisiz, qo‘lda chiziladi. Eskiz chizganda buyum tomonlarining o‘lchamlari nisbatini ko‘z chamasida saqlashga e’tibor berish kerak. Demak, chizmachilik asboblarini ishlatmasdan, detal tomonlari o‘lchamlarining nisbatini ko‘z chamasida chamalab, qo‘lda chizilgan chizmaga eskiz deyiladi. Eskizda masshtabdan foydalanilmaydi. Detalning eskizini bajarish uchun yumshoq (M, 2M yoki B, 2B) markali qalam va o‘chirg‘ichdan foydalaniladi. Eskiz detallarning o‘ziga qarab, mashina va mexanizmlar hamda ularning detallarini loyihalashda, ta’mirlash ishlarida tuziladi. Eskiz detallarning ish chizmalarini tuzish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ishlab chiqarishda, ta’mirlash ustaxonalarida ba’zan eskizlar bo‘yicha detallar tayyorlashga to‘g‘ri keladi (ya’ni eskizdan chizma o‘rnida foydalaniladi). Namuna bo‘yicha detal tayyorlash lozim bo‘lganda ham undan dastlab eskiz olinadi. Ishchi uchun eskiz tuza bilish katta ahamiyatga ega, chunki ishchi o‘z ijodoy ratsionalizatorlik fikrini aks ettirishda eng qulay va eng kam mehnat talab qiladigan eskiz chizish usulidan foydalanadi. Eskizlar ish chizmalari uchun mo‘ljallangan konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi (KHYT)da belgilangan qoidalar va shartliklarga muvofiq tuziladi. Davlat standartlarida chizmalar uchun belgilangan barcha qoidalar eskizlar uchun ham majburiy hisoblanadi.
Detalning eskizi va ish chizmasi bir-biridan faqat qo‘lda va detalning o‘lchamlarini e’tiborga olmay chizilganligi bilan farq qiladi. Ammo eskizda ham
detalning qismlari orasidagi nisbati va ko‘rinishlaridagi o‘zaro proyeksion bog‘lanish saqlanishi kerak. Eskizni juda kichik qilib chizish tavsiya etilmaydi. Detal tasvirining kattaligi uning o‘lchamiga, murakkabligi va chizma qog‘ozining formati (bichimi)ga qarab chiziladi, shuningdek, eskizda hamma kerakli o‘lchamlarni qo‘yish va boshqa ma’lumotlarni yozish kerak. Eskizda ham xuddi ishchi chizmadagi kabi detalning frontal proyeksiyalar tekisligida tasvirlangan proyeksiyasi – bosh ko‘rinish bo‘lib, u detal haqida boshqa ko‘rinishlariga nisbatan eng ko‘p ma’lumotni bershi kerak. Ko‘rinishlar soni ushbu detalni to‘la tasavvur qilish uchun yеtarli bo‘lishi kerak.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin