Jizzax davlat pedagogika instituti


Falsafiy qonunlarning o‘zaro aloqadorligi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/39
tarix27.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#51656
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ozaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari (1)

Falsafiy qonunlarning o‘zaro aloqadorligi. 

Dialektikaning  asosiy  qonunlari  yagona  rivojlanish  jarayonining  turli 

jihatlarini  tavsiflab,  alohida-alohida  emas,  balki  uzviy  dialektik  birlikda  amal 

qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va buning 

aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar 

birligi  va  kurashi  miqdor-sifat  munosabatlarini  va  inkorni-inkorni  o‘z  ichiga 

oladi.  Xuddi  shuningdek  inkor  jarayonida  yagonaning  eski  va  yangiga 

ikkilanishi, 

ularning 

o‘rtasida  qarama-qarshilik,  shuningdek  miqdor 

o‘zgarishlarining  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishi  yuz  beradi.  Boshqacha  qilib 

aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini 

nazarda  tutadi.  Ammo  shuni  e’tiborga  olish  lozimki,  dialektika  qonunlari  bir 

vaqtda  amal  qilganda,  ularning  har  biri  nisbatan  mustaqil  bo‘ladi,  zero 

rivojlanish  mohiyatining  muayyan  jihatini  (manba,  mexanizm,  yo‘nalish)  aks 

ettiradi, rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi, o‘z  mavjudligining 

avvalgi  shakllarini  inkor  etmaydigan  rivojlanish  bo‘lishi  mumkin  emas.  Inkor 

harakatida  rivojlanishga  monelik  qiladigan  narsalarning  rad  etilishi,  yo‘q 

qilinishi  yuz  beradi.  Umuman  olganda  inkor  –  ob’ektiv  jarayon.  Masalan, 

hozirgi  zamon  fani  ma’lumotlariga  ko‘ra,  kengayib  borayotgan  plazmani  yo‘q 

qilib  tashlagan  Katta  portlashsiz  biz  yashayotgan  Olam,  uning  galaktikalari, 

yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q 

bo‘lish  sifatida  talqin  qilishdan  ehtiyot  bo‘lish  lozimligini  Gegel  ham,  boshqa 

faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda», metafizik inkor deb e’tirof 

etiladi.  U  tabiatda  ham,  jamiyatda  ham  mavjud.  Lekin  oddiy  yo‘q  bo‘lish 

jamiyatni ortga uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir 

narsa yuzaga kelishi mushkul.  

Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‘z 

ichiga oladi. Gegel fikricha, bartaraf etish «ikki xil ma’no kasb etadi: u asrash, 



56 

 

saqlab  qolishni  va  ayni  vaqtda  to‘xtatish,  chek  qo‘yishni  anglatadi»



1

.  Gegel 

talqinida  inkor  rivojlanish omili  sifatida  yashash qobiliyatini  yo‘qotgan narsani 

yo‘q  qilish  va  erishilgan  rivojlanishni  saqlashni  nazarda  tutadi.  Masalan, 

A.Eynshteyn yangi va eski nazariyalarning o‘zaro nisbatini shunday tavsiflaydi: 

«yangi  nazariya...  eski  nazariya  yutuqlarini  chetga  chiqarib  tashlaydi,  deb 

hisoblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yangi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, 

kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga eski tushunchalarga teranroq nuqtai 

nazardan  baho  berish  uchun  imkoniyat  yaratadi...  Biz  eski  nazariya  o‘rinli 

bo‘lgan  sohada  faktlar  o‘rganilayotganda  har  safar  undan  foydalanishimiz 

mumkin». Ammo har qanday hodisa yaxlit bo‘lgani bois, bartaraf etish haqidagi 

masalaning  qo‘yilishi  abstrakt  xususiyat  kasb  etadi.  XIX  asr  falsafiy 

ta’limotlarida  bartaraf  etishning  tabiat  va  tarixdagi  ko‘rinishlarini  erishilgan 

rivojlanishni  o‘zgartirilgan  holda  saqlash  sifatida  yoritib,  bu  tushunchani 

to‘ldiradi.  Yangilik  va  eskilikning  ichki  ziddiyatlariga  chek  qo‘yish  sifatidagi 

o‘z-o‘zini inkor dialektik inkorning muhim xususiyati bo‘lib, bu rivojlanishning 

hujumkorligini  belgilaydi.  Bu  qonun  dialektikaning  boshqa  qonunlarini 

umumlashtiradi va ularni sintez qiladi.  

 

                                                 



1

Гегель Г.В. Соч. Т. 5. – М.: 1997. – С.99. 




57 

 


Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin