1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
71
20-ilova
O’ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH QONUNLARI
MAVZUSI BO’YICHA MASHQLAR.
1. Dialektikaning muqobillari bormi? Agar bor bo’lsa ularni asoslang.
2. Quyidagi misollarni ko’rib chiqing va ularda inkorni-inkor qonuni amal
qilishi yoki qilmasligini isbotlang.
A).Odatda qarilikda inson yosh bolaga o’xshab qoladi degan fikr bor.
B) Tarix, dastlab bozor iqtisodiga o’tish muammosi 1920 yillarda ( yangi
iqtisodiy siyosatga o’tish, nep) SSSRda sotsialistik tizimning rivojlanishi
jarayonida qo’yilgan va 1991 yilda SSSR parchalanishi bilan yana bu
masalaga qayta murojaat qilindi.
3. Qonunlarni bilasizmi? Sizning hayotingiz qanday qonunlarga buysunadi?
4. Shoir Toshpulat Axmedov Vatanga munosabatni shunday bildiradi:
Shodlanib qarayman jamolingga man
Zardo’zi do’ppiday kamolingga man
Kimdir, seni jarga otmoqchi bo’ldi
Shoir bitta xolga sotmoqchi bo’ldi.
Men seni alishmam ming bitta xolga
Ming bitta chiroyga xazina molga
Sen menga umrdek ezgu bebaho
Jahonim, jononim, jonim Buxoro.
Ushbu misralarda qandaydir sifatning son o’zgarishi jarayonini ko’rib
chiqing va ularda sifat o’zgarishiga olib keluvchi tayanch o’qni toping.
Tabiatda cheksiz son o’zgarishlari bo’lishi mumkinmi?
5. Son ko’rsatgichiga ega bo’lmagan ko’plikni ayta olasizmi? Son bilan
belgilanmaydigan ko’plik bormi?
6. Quyidagi fikrlar mantiqan ziddiyatli bo’la oladimi? “Daryo oqadi va
oqmaydi”, “Qo’shiq eshitilmaydi va eshitiladi”, Bu fikrlar dialektik
ziddiyatni ifodalaydi deyish mumkinmi ?
7. Qandaydir asosga tayanayotgan pona egiladi. Bunda uning yuqori qismi
siqiladi, quyi qismi esa kengayadi. Oqibatda pona bir vaqtning o’zida ham
siqiladi ham kengayadi. Bu xulosa mantiqan ziddiyatli bo’ladimi? Ponaning
o’rta qismida nima sodir bo’ladi, u siqiladimi yoki kengayadimi?
72
O’ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH QONUNLARI MAVZUSI
BO’YICHA TESTLAR
1. “Dialektika” so’zining ma’nosini toping.
A) yun. Dialektika – suhbat ko’rish san’ati
B) yun. Dialektika – sezgi, xis-tuyg’u
V) yun. Dialektika – ong
G) yun. Dialektika – ongsizlik
2. Aloqa deganda nima tushuniladi?
A) Dunyoda yuz beruvchi barcha jarayonlarni, ularning mazmunidan kat’iy
nazar qamrab oluvchi jarayon
B) Fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning
muhim asosi
V) Borliqning universal aloqalarini bilish shakli
G) Makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki
yoki bir necha hodisa yoki ob’yektning o’zaro bog’lanish jarayoni
3. Aloqa uchun asos bu - … ?
A) Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa, belgi yoki
munosabat
B) Kategoriyalar
V) Tamoyillar
G) Aloqa manbai
4. Aloqa tushunchasi qaysi tushunchalar orqali yoritiladi?
A) Ichki, muhim, zaruriy aloqalar
B) Dialektik, sinergetik
V) Sabab va oqibat
G) O’zaro aloqa, harakat
73
5. “Moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish
xususiyati va yo’nalishini belgilovchi ob’yektiv, muhim, zaruriy, barqaror
va umumiy aloqasi” deb ta’riflangan falsafiy kategoriyani toping?
A) Munosabat
B) Qonun
V) Aloqa
G) Narsa
6. Aloqaning muhimligi bu - …?
A) Narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi aloqa
B) Muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo’luvchi aloqa
V) Ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa
G) Ob’yektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va
jarayonlari buysunadi.
7. Aloqaning zaruriyligi bu - …?
A) Narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi aloqa
B) Muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo’luvchi aloqa
V) Ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa
G) Ob’yektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va
jarayonlari bo’ysunadi.
8. Aloqaning barqarorligi bu - …?
A) Ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa
B) Ob’yektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va
jarayonlari bo’ysunadi.
V) Narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi aloqa
G) Muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo’luvchi aloqa
74
10. Aloqaning umumiyligi bu - …?
A) Narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi aloqa
B) Muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo’luvchi aloqa
V) Ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa
G) Ob’yektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va
jarayonlari bo’ysunadi.
11.Narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishi bu - …?
A) Qonun
B) O’zgarish
V) Rivojlanish
G) Sabab
12 .Qarama-qarshilik bu - …?
A) Narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishi.
B) Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tishi
V) Ob’yektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari
va jarayonlari bo’ysunadi.
G) Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi
tomonlaridir.
13. Narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish
va bir-biriga o’tish munosabatlari deb e’tirof etiladigan kategoriya bu - …?
A) Qarama-qarshilik
B) O’zgarish
V) Ziddiyat
G) Aloqa
75
14. Tafovut bu - …?
A) Narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-
biriga o’tish munosabatlari
B) Avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgan holda
ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir.
V) Predmetni bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlari
G) Narsalar, xodisalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishi
15.Quyidagi javoblardan xossa kategoriyasi ta’rifini aniqlang?
A) Avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgan holda ayni bir
predmet xossalarining mos kelmasligidir.
B) Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda
tutuvchi tomonlaridir.
V) Narsalarning o’zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon
bo’lish omili
G) Predmetning jihati bulib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan
o’xshashligini belgilaydi va ular bilan o’zaro aloqada namoyon bo’ladi
16. Miqdor bu - …?
A) Predmetning jihati bo’lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan
o’xshashligini belgilaydi va ular bilan o’zaro aloqada namoyon bo’ladi
B) Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi
tomonlaridir
V) Predmet muayyan xossasining namoyon bo’lishi, intensivligi
darajasi.
G) Narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur
va yetarli bo’lgan xossalar majmui.
76
17. Qaysi qatorda Aristotelning asari to’g’ri ko’rsatilgan?
A. «Kategoriyalar»
B. «Axillislar»
V. «Sher ustidagi gulxan»
G. «Utopiya»
18. Ikki yoki bir nechta suhbat – ...?
A. «Dialog»
B. «Qissa»
V. «Romon»
G. «Dialog va romon»
19. O’zgarish – bu...?
A. Narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishi.
B. Barqaror xolatda bo’lish
V. Sokinlikka o’tish
G. Biron bir narsa xodisalar holati
20. Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi
tomonlar nima deb ataladi?
A. Qarama-qarshiliklar
B. Dalillar
V. Isbotlar
G. Barcha javoblar to’g’ri
21. «Ariqda oqayotgan muayyan suvga ikki marta tushib bo’lmaydi, chunki
yangi va yangi suvlar oqib kelaveradi...»
A. Geraklit
B. Zenon
V. Arastu
G. Pifagor
77
22. Dialektik inkorning birinchi muhim jihatini aniqlang?
A. Eskini vayron qilish, buzish
V. Eskidan hech narsa qoldirmaslik
G. Boriga ko’nikma hosil qilish
23. Dialektik inkorning ikkinchi muhim jihatini aniqlang?
A. Eskining elementlarini saqlash (vorisiylik);
B. Ziddiyatlarni yaratish
V. Miqdordan sifatga o’tish
G. Narsalardagi tafovut
24. Dialektik inkorning uchinchi muhim jihatini aniqlang?
A. Yangini yaratish, tuzish
B. Xususiy qonunga amal qilish
V. Dissapativ holatni shakllantirish
G. Bifurkatsiya holatiga o’tish
25. Sifat – bu
A. Narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur
va yetarli bo’lgan xossalar majmui.
B. Narsaning tashqi ko’rinishi
V. Vorsiylikning amal qilishi
G. O’z-o’zini tashkillashtirish
26. Dialektikaning (falsafaning) asosiy prinsiplari...
A. Obyektivlik, aloqadorlik, rivojlanish, tarihiylik, sistemalilik
B. Moddiylik, universallik, asoslanganlik, sababiyat, sistemalilik
V. Qarama-qarshilik, harakat, o’zgarish, umumiylik, vorisiylik
G. Dunyoviylik, aniqlik, maqsadga muvofiqlilik, sistemalilik
78
27. Qonun bu ....
A. Borliqdagi barcha narsalarning eng umumiy aloqalari, bog’lanishlaridir
B. Narsa va hodisalarning umumiy aloqadorligi, tuzilishi va sababiy
bog’lanishlarini ifodalovchi tushunchadir
V. Tabiatdagi narsa va hodisalarinig doimiyligi va o’zgarishini ta’minlaydigan
kuchdir
G. Narsa va hodisalar o’rtasidagi ichki, zaruriy, barqaror bog’lanishlardir
28. Miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni... ko’rsatib
beradi
A. Taraqqiyotning qanday sodir bo’lishi yo’llarini
B. Taraqqiyotning manbaini, negizlarini
V. Taraqqiyot jarayonida vorisiylikni
G. Taraqqiyotning ichki va tashqi sabablarini
29. Narsa va hodisalarning tafovutli tomonlari, elementlari, xossalarinig
rivojlangan shakli....
A. ...qarama-qarshilikdir
B. ... Ziddiyatdir
V. ... Kurashdir
G. ...Konflikdir
30.. Jahonning rivojlangan yirik davlatlari bilan rivojlanayotgan davlatlari
o’rtasidagi munosabat... o’zaro ta’sirga kiradi
A. O’z tarafiga og’dirishga
B. Neytral’
V. amkorlikga asoslangan
G. Kurashga yo’q kishiga asoslangan
79
31. O’zbekistonda yangi jamiyat qurishning evolyusion yo’lidan bormoqda.
Bu yo’l eng avvalo,... qonuniga asoslanadi
A. Miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish...
B. Qarama-qarshi birligi va o’zaro ta’siri....
V. Inkorni inkor.
G. Ayrim fanlar...
32. Qonunlar amal qilish doirasiga qarab... turlarga bo’linadi
A. Moddiy va ruhiy dunyo
B. Tabiat va jamiyat
V. Dinamik va statik
G. Xususiy, umumiy, eng umumiy
33. Me’yor deganda nimani anglaymiz?
A) me’yor narsa va xodisaga xos xususiyatlardir;
B) me’yor narsa va xodisaar o’z sifatini saqlab qoladigan miqdoriy chegaradir;
V) me’yor narsa va xodisa o’lchovidir;
G) me’yor narsaning bir sifat xolatidan boshqasiga o’tishidir.
34. Ayniyat nima?
A) Ayniyat narsa va xodisalardagi o’xshashlikdir;
B) Ayniyat narsa va xodisalarga xos xususiydir;
V) Ayniyat tafovutni inkor etuvchi xolatdir;
G) Ayniyat tafovut laxzasini o’zida jo xolatdir.
80
35. Ziddiyatlar qanday ko’rinishlarga ega?
A) Ziddiyat xamma narsada o’z ko’rinishiga ega;
B) ziddiyat jamiyat va insonlar orasidagi munosabat ko’rinishiga ega;
V) ziddiyat ichki va tashqi, asosiy va noasosiy bosh va bosh bo’lmagan,
antogonistik va noantogonistik ko’rinishlarga ega;
G) ziddiyat kashfiyot ko’rinishiga ega.
36. Nega inkorni inkor qonuni deyiladi?
A) narsa rivojining 2-bosqichida taraqqiyot sodir bo’lgani sababli shunday
deyiladi;
B) inkor kategoriyasidan bu qonunni farqlash uchun shunday deyiladi;
V) voqelikdagi inkor to’la bo’lmagani uchun shunday deyiladi;
G) inkor bir chiziqli bo’lgani sababli shunday deyiladi.
37. Konun nima?
A)Dunyoni bilishning malumot bir boskichi
B)Narsa va xodisalar urtasidagi ichki muxim,barkaror takrorla-
nib turadigan boglanish
V)Tabiatdagi doimiy va muxim uzgarishlar
D)Bir butun dunyo xakidagi umumiy boglanishlar nazariyasini ishlab
chikarish usuli
38. Sifat tushunchasini izoxlang?
A)Narsalarning uziga xos tomonlari,belgilari
B)Narsalarning bir-biridan ajratib turuvchi xususiyati
V) Narsaga moyillik bagishlovchi,uni boshkarish ajratib turuvchi
barcha xossa va xususiyatlar yigindisi
D)Xossa va xususiyatlar birligi
81
39.Me’yor deganda nimani anglaymiz?
A) Me’yor narsa va xodisaar o’z sifatini saqlab qoladigan miqdoriy chegaradir
B) Me’yor narsa va xodisaga xos xususiyatlardir
V) Me’yor narsa va xodisa o’lchovidir
D) Me’yor narsaning bir sifat xolatidan boshqasiga o’tishidir
40.Ziddiyatlar qanday ko’rinishlarga ega?
A) Ziddiyat ichki va tashqi, asosiy va noasosiy bosh va bosh bo’lmagan,
antogonistik va noantogonistik ko’rinishlarga ega
B) Ziddiyat xamma narsada o’z ko’rinishiga ega
V) Ziddiyat jamiyat va insonlar orasidagi munosabat ko’rinishiga ega
D) Ziddiyat kashfiyot ko’rinishiga ega
41.Nega inkorni inkor qonuni deyiladi?
A) Narsa rivojining 2-bosqichida taraqqiyot sodir bo’lgani sababli shunday
deyiladi
B) Inkor kategoriyasidan bu qonunni farqlash uchun shunday deyiladi
V) Voqelikdagi inkor to’la bo’lmagani uchun shunday deyiladi
D) Inkor bir chiziqli bo’lgani sababli shunday deyiladi
42.Tarakkiyot nima?
A) Narsa va xodisalarni pastdan yukoriga karab sifat uzgarishlari
B) Dunyodagi jami xarakat va uzgarishlar
V) Ma’lum doira ichida yuz berayotgan uzgarishlar
D) Tarixiy utmishdan to xozirgacha bulgan uzgarishlar va jarayonlar
43. Qonun qanday vujudga keladi?
82
A) Borliqda sodir bo’ladigan turli tuman o’zgarishlarning qayta-qayta
takrorlanishini insonlar tomonidan bilib olinishi natijasida
B) Jamiyatdagi tartibni muvozanatga keltirish uchun ma’lum bir kishilar
tomonidan ishlab chiqiladi
V) Jamiyatda va tabiat unga ehtiyoj bo’lganda
D) To’g’ri javob berilmagan
44. Qonunlarni biz avvalom bor ikki guruxga tabiat qonunlari va jamiyat
qonunlariga bo’lamiz. Tabiat qonunlari ob’yektiv ko’rinishiga ega jamiyat
qonunlarida ham ob’yektivlik mavjudmi?
A) Yo’q. Jamiyatda omil qiladigan qonunlar sub’yektiv ko’rinishga ega chunki
ularni kishilar ishlab chiqadi
B) Jamiyat qonunlarida ob’yektivlik va mavjud bo’lib ular inson hoxish
istaklaridan tashqarida
V) Jamiyat qonunlarida ob’yektivlik va sub’yektivlik bir xil drajada omil qiladi
D) Jamiyat qonunlari ma’lum guruh kishilar ehtiyojini o’zida namoyon qiladi
shu boisi u sub’yektivdir.
45.Jamiyat taraqqiyoti tezlashishi nimaga bog’liq.
A) Jamiyat a’zolarining intelektual salohiyatiga
B) Ishlab chiqarish vositalariga
V) Qonunlarning qanchalik ko’p kashf qilinishiga
D) Davlatda to’g’ri siyosat yuritilishiga
46. Har qanday narsa hodisaga miqdor va sinfiy o’zgarishlari xosdir narsa
va xodisaning bir holatidan ikkinchi xolatiga tezlik bilan o’zgarishi miqdor
o’zgarishi ta’sirida sodir bo’ladimi yoki sifat o’zgarishi asosidami
A) Miqdor o’zgarishlari ta’sirida
B) Miqdor va sifatning o’zgarishlari bir xil bo’ladi
V) Sifat o’zgarishlarining ta’siri bo’lmaydi
83
D) Sifat o’zgarishlari asosida
47. Inkorni dialektik tushunish deganda nimani tushunasiz
A) Eskini yangi bilan oddiy almashinuvi
B) Yangining eski bag’rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishi
V) Yangining eski bilan vorisiy bog’liq ekanligi
D) V va S javoblar to’g’ri
48. Davlat o’rniga yangi davlatning paydo bo’lishi, avlodlar ketidan yangi
avlodlar kelishi, faning uzliksiz taraqqiyoti kabilarni falsafiy qonunlarning
qaysi biriga kiritsak bo’ladi.
A) Qarama - qarshilik
B) Miqdorning sinfiy o’zgarishlariga o’tishi
V) Inkorni- inkor
D) Yuqoridagi qonunlarning barchasiga
49. Narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun
zarur va yetarli bo’lgan xossalar majmui bu–...?
A. Sifat
B. Qarshilik
V. Ziddiyat
G. To’g’ri javob yo’q
50. Sifat tushunchasiga ta’rif bering?
A. Narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur
va yetarli bo’lgan xossalar majmui.
B. Narsaning tashqi ko’rinishi
V. Vorsiylikning amal qilishi
G. O’z-o’zini tashkillashtirish
84
GLOSSARIY
Aloqa - falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan
muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir
necha hodisa yoki ob’yektning o’zaro aloqa jarayoni
Aloqa uchun asos - aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa,
belgi yoki munosabat aloqa uchun asos
Ayniyat - bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o’z-o’ziga yoki boshqa
narsalar, hodisalar, jihatlarga o’xshashlik munosabati.
Vorislik - o’tmish bilan bugungi kun o’rtasidagi bog’liqlik,
davomiylik, uzluksizlik
Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita
birligidir
Dogmatika - yunoncha, uzgarmas, kotib kolgan, akida degan ma’nolarni
anglatadi.
Eklyektika - yunoncha tanlayman, degan ma’noni anglatadi. Uning
moxiyati turli karama-karshi nazariyani, karashlarni
korishtirib yuborishdan iborat.
Fan qonunlari- odamlar tomonidan anglab yetilgan voqelik qonunlarining
ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi.
Falsafa qonunlari- tabiat va jamiyatda insonningsh ongiga bog’liq bo’lmagan
holda mavjud bo’lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi
qonunlar
Inkor - rad etish, qabul qilmaslik
Miqdor- predmet muayyan xossasining namoyon bo’lishi,
intensivligi darajasi.
Me’yor- bu miqdor ko’rsatkichlari yoki o’zgarishlarining tegishli
sifat mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan muayyan oralig’i
Munosabat- narsalarning o’zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin
xossalarning namoyon bo’lish omili
Progress - oldinga tomon harakat, rivojlanishda quyi bosqichdan
yuqori bosqichga utish, ilgarilab boradigan taraqqiyot.
85
Qarama-qarshilik - narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-
birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar,
jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya
Qonun - olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy
va takrorlanib turuvchi bog’lanishlari, o’zaro aloqalari va
munosabatlarining namoyon bo’lishidir.
Regress - orqaga tomon harakat, salbiy tomonga o’zgarish, ortga
qaytish, yuqoridan quyi tomon borish
Rivojlanish - bu progressdan iborat o’zgarish bo’ lib, keng ma’noda
quyidan yuqoriga, oddiydan murak kabga qarab ilgarilab
boruvchi harakatdir.
Sakrash- bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli,
miqdor o’zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-
bosqichligidagi uzilishdir
Sifat - narsalarning ichki muayyanligi bo’lib, boshqa narsalardan
ajratib turadigan xossa, belgi, xususiyatlarining birligidir.
Sofistika - bilib turib, ataylab xato asoslar asosida, ko’p ma’noli
suzlarga asoslanib, xato asoslardan yolgon xulosa
chikarish orkali fikr yuritishdir.
Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani
holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir
Tamoyil - yo’nalish, tendensiya, moyillik
O’zaro ta’sir - narsalar bir-biriga ta’sir ko’rsatishi natijasida yuzaga
keladigan va ular bir-birini o’zgartirishiga sabab
bo’ladigan aloqa
Voqelik qonunlari- bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan
qat’iy nazar mavjud va amal qiladi.
Xossa - predmetning jihati bo’lib, uning boshqa predmetlardan
farqi yoki ular bilan o’xshashligini belgilaydi va ular bilan
o’zaro aloqada namoyon bo’ladi.
Ziddiyatlar - narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini
istisno etish va bir-biriga o’tish munosabatlaridir
Dostları ilə paylaş: |