Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish
jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat
bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari
yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi
yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy
bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan
yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab
emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi.
Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklliligini aks ettiradi.
47
Inkorni dialektik tushinish yangining eski bilanoddiy almashuvi
bo‘lmasdan, balki yangi eskining bag‘ rida vujudga kelib, undagi sog‘lom
tomonlardanfoydalanib,
qaror
topishini
tan
olishdir.
«Ichki inkor»
taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir, deb Gegel bekorga aytgan emas.
Dialektik inkor ayni bir vaqtda «yo‘q» deyish bi lan «ha» deb, ya’ni inkor
etish bilan birga tasdiq lashni ham o‘z ichiga oladi. U barcha narsani
butunlayrad etuvchi nigilistik qarashdan xoli bo‘lib, birpaytda sodir bo‘ladigan
emirilish bilan yaralishni,xullas, narsa va hodisalarning yo‘qolishi va
paydobo‘lishini bog‘lab ilgarilab rivojlanish holatiniifodalaydi. Bu dialektik
inkorning muhim jihatinitashkil qiladi.
Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga
yangining kelishitabiiy-tarixiy jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyot ning muhim
sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yanginieski bilan vorisiy bog‘liq ekanligini ham
ifoda laydi.
Inkorni inkor etish haqida to‘xtalib o‘tishdan av val uni nega shunday deb
atalishini izohlamoq lozim.Dialektikaning bu ta’limotini ikki marta takrorla
nuvchi inkorda ifodalanishi moddiy olamdagi narsava hodisacharning doimiy
ravishda o‘zgarib, bir holat dan ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda,
rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har birmavjud bo‘lgan narsa va
hodisa o‘zigacha bo‘lgan sifat vamiqdorning inkor etilishining mahsuli, shu
bilanoirga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoit ning o‘zgarishi,
vaqtning o‘tishi bilan inkor etilish ga mahkumdir. Demak, har bir narsa va
hodisaningo‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘p roq inkor
etishlar bilan amalga oshadi. Inkorni in kor ana shu inkorlarning sodir bo‘lishi
bilan rivoj lanishning davom etishini ifodalaydi. Bundagi bit ta inkor narsa va
hodisalardagi o‘zgarish va rivojla nishning bir momentini tashkil etsa, «inkorni
in kor» atamasi ularning muayyan zanjirini, bir nechadavrini ifodalaydi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki,taraqqiyotdagi
davriylikning tugallovchi halqasida,ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning
oldingi bosqichdagi ba’zi belgilar takrorlanadi (don o‘simlikdanyana donlarga
aylanadi).
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraq qiyot to‘g‘ri chiziq shaklida
emas, balki doira shaklidabo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich
nuqtagayaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqtabilan tutashishi
bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichdasodir bo‘lishi sababli taraqqiyot spiral
shaklga egabo‘ladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami oldingio‘ramiga nisbatan
48
yuqoriroq bosqichda yuzaga kelgan bo‘ ladi. Ana shu ma’noda taraqqiyotning
dialektik naza riyasida «spiralsimon» atamasi ishlatiladi.
Dialektik inkorga ko‘ra, taraqqiyotning spiralsimon xarakteri o‘zining
quyidagi uch jihatiga ega: bi rinchidan, inkorni inkorda, dastavval, narsa va hodi
salar abadiy o‘zgarmasdan qola olmasligi, davrningo‘tishi bilan har bir narsa va
hodisa o‘zgarishi, buo‘tishda esa yangi sifat faqat emirilayotgan narsa za minida
paydo bo‘lishini ochib beradi. Buni destruk siya deyiladi. Ikkinchidan, u
emirilayotgan narsa bilan paydo bo‘layotgan yangi narsao‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni, ularning bir-biriga bo‘lgan munosabatini ochib beradi. Buni
kumulyasiya deyiladi. Uchinchidan, inkor etilayotgan narsa oldin erishgan
yutuqutarni, uning rivojlanishga qodir bo‘lgan ba’zi belgi va xususiyatlarni
saqlab qolish, ular dan foydalanish asosida yuz beradi. Buni konstruk siya dyob
yuritiladi. Shu asosda o‘zgarish, rivojlanishsodir bo‘ladi. Bundan inkorni
inkorning muhim bel gisi, ya’ni narsa va hodisalarning ilgarilab rivoj lanishi,
yangilikning engilmasligi mantiqan o‘z-o‘zi dan kelib chiqadi. Chunki har bir
narsa va hodisa uzluksiz o‘zgarishlar, ya’ni o‘sishlar va emirilishlar, paydo
bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonini kechirib turadi.Demak, yangi vujudga kelgan
sifat, albatta, inkor eti layotgan eski sifatdan ustun va bir qadam olg‘a
ketganbo‘ladi. Bu tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xosbo‘lgan ob’ektiv
jarayondir.
Yuqorida aytilgan, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan uch
jarayonning
birligi
hozirgi
kunda
O‘zbekistonning
mustaqilligini
mustahkamlash va rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqsa. Biz uchun hozir
jamiyatimizda eskirgan ijtimoiy munosabatlarni iloji boricha dialektik izchillik
va ziyraklik bilan o‘z vaqtida bartaraf etish, yangi paydo bo‘layot gan bozor
iqtisodiyotiga oid munosabatlarni o‘z vaqtida payqab olish, ularni rivojlantirish
yutuqlari mizning ko‘payishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Davlat
tomonidan amalga oshirilayotgan va xalqimizkeng qo‘llab-quvvatlayotgan bozor
munosabatlari jamiyatimizdagi xo‘jasizlik, shahar va qishloqlarda mehnatni
tashkil qilishning eski, samarasiz usullari, hayotning hamma sohalarida
boshqarishning buyruqbozlik usullari, jamiyatga zarar etkazuvchi ekologik
vama’naviy buzilishlarning tugatilishiga olib keladi.
Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga qarab
boruvchi, ilgarilab boruvchi rivojlanish sodir bo‘ladi. Shuning uchun inkorni-
inkor jarayonining xarakterli xususiyatlaridan biri — uni orqaga qaytarib
bo‘lmasligidir. Buning sa babi shundaki, har bir yangi bosqich ilgarigi bosqich
larning butun boyligini o‘zida sintezlashtirib, taraqqiyotning yanada yuqoriroq
49
shakllari uchun zamin yaratadi. Bu sintez «inkorni inkor» deyiladi. Inkorni inkor
tufayli har bir paydo bo‘lgan yangilik shuning uchun sintez deyiladiki, unda
eskining rivojlanishiga qodir bo‘lgan tomonlari saqlanib qolib, ular yangida
paydo bo‘lgan tomonlar bilan uzviy birikkan bo‘ladi va shu asosda
rivojlanishning navbatdagi bosqichini ta’minlaydi. Xuddi shu yo‘l bilan
taraqqiyotning yo‘nalishi belgilanadi.
Taraqqiyotning yo‘nalishi haqida turli davrlarda turlicha qarashlar mavjud
bo‘lgan. Uzoq davrlar taraqqiyotning yo‘nalishini noto‘g‘ri tushunish oqibatida,
faylasuflar hamma narsalar davriy takrorlanuvchi o‘zgarishdan yoki bekik doira
ichida doimiy aylanish lardan iborat, deb qaraganlar. Ba’zi olimlar taraqqiyotni
to‘g‘ri chiziq bilan boruvchi yoki takrorlanib turuvchi bosqichlardan iborat, deb
tushunganlar, masalan, fransuz olimlari Lamark va Sent-Ilerlar tirik tabiatda
taraqqiyot uzluksiz va sakrashlarsiz to‘ppa-to‘g‘ri yo‘ldan ilgarilab boradi,
desalar; italiyalik faylasuf J. Viko, jamiyat o‘z boshidan doimiy ravishda
takrorlanib turuvchi uch bosqichni (go‘daklik,yigitlik va etuklik davrini)
kechirib turadi, deydi.
Shuni ham aytish kerakki, taraqqiyot jarayonida ma’lum darajadagi
takrorlanishlarni uchratamiz. Lekin ularning har biri oldingi holatning oddiy
o‘zgarishsiz takrorlanishidan iborat bo‘lmay, balki yangicha, o‘zgacha
yuqoriroq bosqichda sodir bo‘lishidir, bundagi inkorni inkor oddiy va to‘g‘ri
yo‘l bilan sodir bo‘lmay, balki o‘ziga xos murakkab, egri-bugri yo‘l bilan
spiralsimon yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Bundagi taraqqiyot jarayoniga xos inkor
va inkorni inkor momentlarida bo‘ladigan vaqtinchalik orqaga chekinishlar,
takrorlanishlar bilan bir qatorda, ilgarilab boradigan rivojlanishni ham ko‘ra
bilish inkorni inkorning mohiyatini tashkil qiladi.
Tarixda, jumladan O‘zbekiston sharoitida birnechabor jamiyatni orqaga
qaytaruvchi katta yo‘qotishlar vaqurbonlarga olib kelgan quruq inkorlar bo‘lgan.
Aslida, real tarixiy rivojlanish ideallashtirilgan ko‘rinishidan yiroq bo‘lib, o‘z
qadriyatlarini yo‘qotmagan holda, mukammallashib boruvchi bosqichlardan
iborat bo‘ladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda eski va eskirayotgan narsalarni inkor etish va
ularning o‘rniga yangilarini qurish, yaratish davom etmoqda. Jamiyatda yuz
berayotgan bozor iqtisodiyoti tug’dirayotgan o‘zgarishlarni har bir kishi to‘g‘ri
tushunib olishi lozim. Respublikani sifat jihatidan o‘zgartirish, uni yuksak
taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kiritishuchun hozirgi davrda har bir
kishidan ko‘proq kuch g‘ayrat sarflashni, o‘z faoliyatiga baho berishda xolis,
prinsipial bo‘lishni, omilkorlik va fidokorlikni talab qiladi. O‘zbekistonning
50
mustaqilligini mustahkaylash uchun faqat iqtisodiy o‘zgarishlar qilish etarli
emasligi, shu bilan birga, siyosiy, madaniy va ma’naviy o‘zgarishlar ham qilish,
faol ijtimoiy siyosat olib borish, inson to‘g‘risida ramxo‘rlik, uning hayotiy
manfaatlarini himoya qilish ham zarur ekanligi “O’zbek modeli” ning asosiy
tamoyillaridan biridir.
Mustaqillik bizdan bilimdonlikni va yuksak darajada mutaxassislikni talab
qiladi. Endilikda ishlab chiqarishni, fan va texnikani boshqarish, mehnatni,
shubhasiz, yuqori darajada tashkil qilish va shukabilar har tomonlama
tayyorgarliksiz, chuqur bilimlarsiz bo‘lishi mumkin emas.
Mustaqillik — mustamlakachilikni qat’iyan bar taraf etish, taraqqiyotga
to‘sqinlik qiluvchi ma’muriy buyruqbozlik mexanizmni butunlay buzib tashlash,
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlantirishning ishonchli va
samarali mexanizmini yaratish demakdir.
Mustaqillik umuminsoniy va milliy axloq normalarini buzish hollaridan
xolos etish, ijtimoiy adolat tamoyillarini izchillik bilan amalga oshirish
demakdir. Bu degani: so‘z bilan ishning, xuquqbilan burchning birligini
ta’minlash, halollik va vijdon bilan ishlab, yuqori unumli mehnatni tashkilqilish,
unga haq to‘lashda tekischilik tendensiyalarini, iste’molchilik kayfiyatini
bartaraf etish, inkorqilish demakdir.
Shunday qilib, borliq va bilishga xos inkor va inkorni inkorlar benihoya
davom etaveradi. Bu abadiy davom etadigan jarayonda dialektikaning barcha
tamoyillari birgalikda amal qiladi. Bunda inkorni-inkor hech bir narsa yoki
hodisa abadiy o‘zgarmasdan qola olmasligini, aksincha, eski o‘rnini muqarrar
yangi egallashini, ammo ular o‘rtasida vorisiy aloqalar mavjudligini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |