Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tish qonunining olamni
falsafiy anglashdagi ahamiyati. Demak, falsafaning asosiy qonunlaridan biri
bo’lgan Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonunining mohiyati
shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy
o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida
me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan
ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, boshqa narsalardan
ajratib turadigan xossa, belgi, xususiyatlarining birligidir. Sifat narsa qanday
bo‘lsa, uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning
xossalari orqali namoyon bo‘ladi. Xossa narsa sifatining boshqa nar-salar bilan
o‘zaro aloqadorligidagi tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini
ma’lum bir xossalarda namoyon bo‘lishi orqali bilamiz.
Har bir narsa ko‘plab xossalarga, ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xossalarga
ega bo‘ladi. Masalan, metall zichliq siquvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik,
38
cho‘ziluvchanlik kabi xossalarga ega. Sifat — jismning barcha xossalarini birgalikda
bog‘lovchidir. Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy
barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligini ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning
turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi
tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi muqarrar sur’atda xossaning o‘zgarishiga
olib keladi, biroq xossaning o‘zgarishi har doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir
etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib
ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Har bir narsa muayyan sistemada bir-biri bilan bog‘liq, bo‘ladi. Narsa
qaysi bog‘lanishlar sistemasiga kirsa, shu sistemaga bog‘liq ravishda turli
sifatlarga ega bo‘ladi. Chunonchi, "stol" muayyan tabiiy materialdan, ya’ni
daraxtdan yasalgan bo‘lib, tabiiy sifatga ega. SHuning uchun u tabiiy
qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni zamonda stol muayyan inson mehnatining
natijasi bo‘lib, ijtimoiy sifatga ham ega va ijtimoiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Ijtimoiy sifatlar o‘z navbatida ikki rypyhga: birinchi tartibdagi ijtimoiy
sifatlarga va ikkinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga bo‘linadi. Xuddi o‘sha stol,
modomiki, insonning muayyan ehtiyojini qondirar ekan, "aniq (amaliy) xis"
etiladigan narsa sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, stol, modomiki,
qiymatga ega ekan, u tovar sifatida gavdalanadi. Bu o‘rinda stol'"haddan tashqari
his etiladigan narsa" tariqasida gavdalanadi. Bu esa ikkinchi tartibli ijtimoiy
sifatlarga mansubdir. Narsalar sifat muayyanligidan tashqari bir-biridan
miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi,
o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat
hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. Chunonchi, suv
o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega, bir ijtimoiy
tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi
kuchlari taraqqiyoti, sur’ati darajasi, mehnat unumdorligi, madaniyati va
hokazolar bilan ham farq qiladi.
Narsa va hodisalardagi miqdoriy va sifatiy tomonlar doimo bir-birini
taqozo qilib, birlikda bo‘ladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega.
Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan narsa yo‘q. Shuning uchun ham
narsaga miqdoriy va sifatiy tomondan berilgan tavsif to‘liq bo‘ladi.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasida
ifodalanadi. Me’yor bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos
tuzilmalarning muvofiqligidir. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan
chiqmasdan muayyan oraliqda o‘zgaradi. Bu oraliq chegaralari esa predmet
muayyanligini, sifat va miqdor birligi sifatida me’yorni ifodalaydi. Me’yorning
39
buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi. Me’yor har
bir narsa va hodisadagi miqdor bilan sifat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifoda
etadi. Bu o‘rinda har bir narsa, hodisa miqdor o‘ziga xos o‘lchovga ega bo‘ladi,
chunki ushbu sifat xususiyati har qanday miqdor bilan emas, balki muayyan
miqdor bilan uyg‘unlashadi. Ushbu ob’ektga xos bo‘lgan miqdoriy o‘zgarishlar
doirasidan chiqish shu ob’ektga xos bo‘lgan me’yorning buzilishiga va uning
yangi sifatga o‘tishiga olib keladi.
Me’yorning turli shakllari mavjud bo‘lib, nazariy bilimlar sistemasida u
quyidagilarga ajratiladi: 1) oddiy me’yor alohida o‘z-o‘zicha olingan predmet
o‘lchovi; 2) sistemali, substansiyali me’yor — ushbu sistemaning elementi, bo‘lagi
bo‘lgan predmet o‘lchovi; 3) aniq me’yor — barcha haqiqiy munosabatlar
yig‘indisi bo‘lgan predmet o‘lchovi. Ijtimoiy hayot qoidalari ham g‘oyat turli-tuman
me’yor munosabatlariga ega.
Bir me’yordan ikkinchi me’yorga o‘tish jarayoni bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tish negizi (yoki nuqtasi) deyilsa, bir miqdoriy sifat holatidan
ikkinchisiga o‘tishning barcha halqasi esa me’yorning markaziy tuguni deyiladi.
Sifat, miqdor va me’yor tushunchalarida olamdagi narsalarning ob’ektiv va
eng umumiy tavsifi ifodalanadi. SHuning uchun ham ayrim faylasuflarning
narsalar sifatini sub’ektiv tushuncha deb ta’kidlashlari nazariy jihatdan asossizdir.
Miqdor va sifat birlikda, bo‘lib bir-biriga o‘tib turadi. Miqdor sifatga va,
aksincha, ma’lum sharoitda sifat miqdorga o‘tadi. Narsa va hodisalarning sifati
ob’ektiv bo‘lsa-da, nisbiydir, chunki ular o‘rtasidagi chegara o‘zgaruvchan bo‘lib,
ularni mutlaqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarning miqdoriy
muayyanligi ham o‘zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy harakatda,
o‘zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi,
ularning xossalari ham o‘zgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat
o‘zgarishlarining aniq holatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muhim
ahamiyatga ega.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xosdir. Miqdor
o‘zgarishlar bilan sifat o‘zgarishlar o‘rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo‘lib, bu
qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdor o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini
tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va
shu holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir bo‘ladi.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish masalasiga, o‘z
navbatida, qadimgi faylasuflar ham e’tibor berganlar Qadimgi yunon
faylasuflarining "yalitroq bosh" va "taram" nomi bilan, keltirgan misollari
ma’lumdir. Suhbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch
40
tolasi yulib olinsa bosh yaltirab qoladimi, agar g‘aramdan bir dona urug‘ olinsa, u
g‘aramlik holatini yo‘qotadimi? Natija, yo‘q degan-javob bo‘ladi. Bu hol bosh
yaltiramaguncha, g‘aram esa yo‘q bo‘lmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar
bu kabi hodisalarni eng umumiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi natijasida
deb, emas balki sof mantiqiy g‘ayri tabiiylik deb qarar edilar.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi haqida O‘rta Osiyo
mutafakkirlarining asarlarida ham ko‘pgina ma’lumotlar mavjuddir. Al-Xorazmiy,
al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bekning matematika, algebra, astronomiya,
geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor (son), sifat
o‘rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar
berilgan. "Men, — deb yozadi al-Xorazmiy, — arifmetikaning oddiy va murakkab
masalalarini o‘z ichiga oluvchi "Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqaga kitob"
ni tasnif qildim, chunki meros taqsim qilishda. vasiyatnoma tuzishda, mol
taqsimlashda va adliya ishlarida, savdo va har qanday bitimlarda va shuningdek, er
o‘lchash, kanallar o‘tkazishda (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash
turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir"
1
.
Ularning fikricha, miqdor va sifat o‘zgarishlarning o‘zaro aloqadorligini
nafaqat tabiat va jamiyat hodisalarida, balki ruhlarda hamkuzatish mumkin.
"Ruhlarning sifatlarining ... o‘zaro qo‘shilishi oqibatida ularning (aqliy)
quvvatlari miqdor jihatdan ham tobora ortadi"
1
, deb yozadi Forobiy.
Miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni ob’ektiv
bo‘lib, real voqelikdagi narsa va hodisalarning o‘ziga xosdir. Olamdagi barcha
o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlardan boshlanadi.
Miqdor o‘zgarishlar muayyan chegarada sifatning barqarorligiga (turg‘unligiga)
ta’sir etmaydi. Miqdor o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning
barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Bu holni
biz kimyo fanida yaqqol ko‘rishimiz mumkii. Masalan, ikki atom vodorod bilan
bir atom kislorod suvning molekulasini tashkil etadi. Agar bu ele-mentlarni
boshqacha nisbatda, ya’ni ikki atom vodorodni N
2
O ikki) atom kislorod bilan
biriktirsak, u holda bir yangi narsa — vodorod peroksidi hosil qilamiz (N
2
O
2
).
Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish
bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor
o‘zgarishlari natijasida vujudga kelgan yangi sifat muayyan vaqtga muvofiq
1
Muxammed ibn Muso al-Xorazmiy. Tanglangan asarlar. T., 1983, 78-bet.
Dostları ilə paylaş: |