Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/39
tarix27.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#51656
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
ozaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari (1)

darajasi.Barcha  narsalar,  jarayonlar,  hodisalar  sifat  bilan  bir  qatorda  muayyan 

miqdorga ham ega bo‘ladi. Ular muqarrar tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa 

va  shu  kabilar  bilan  tavsiflanadi.  U  sifat  jihatidan  o‘xshash  xossalar  yoki 

butunning  qismlarini  taqqoslash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Miqdoriy  munosabatlar 

sifatga  bog‘lanmasdan  aniqlanishi  mumkin.  Shuningdek,  miqdor  turli 

predmetlarning  ayrim  umumiy  xossasi  sifatida,  predmetlarni  sifat  jihatidan 

tenglashtiradi. Shu ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat 

xususiyatini  mavhumlashtirish  sifat  jihatidan  har  xil  tuzilmalarni  o‘rganishga 




35 

 

tadqiqotning  miqdoriy  metodlarini  jalb  qilish  imkonini  beradi.  Masalan, 



o‘lchash  taqqoslashning  o‘rganilayotgan  ob’ektning  miqdor  ko‘rsatkichlarini 

aniqlovchi  ayrim  ko‘rinishi  sifatida,  sifat  haqida  aniqroq  xulosa  chiqarish 

imkonini  beradi.  Matematikada  miqdoriy  munosabatlar  son,  qiymat,  funksiya, 

to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani matematik apparatdan 

foydalanib,  mikrodunyoning  teran  qatlamlariga  kiradi,  Olamning  cheksiz 

makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali 

vositalaridan biriga aylangan.  

Har  qanday  predmet  miqdor  va  sifat  qarama-qarshiliklarining  muayyan 

sintezidir.  Uning  borlig‘i  ob’ektga  xos  bo‘lgan  muhim  xossalarni  saqlashni 

nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi 

va  mustaqilligi  bilan  ta’minlanadi.  Ammo  olam,  shu  jumladan  har  qanday 

predmet  muttasil  o‘zgarishda  bo‘ladi.  Hech  narsa  boqiy  emas.  Butun  borliq 

qachondir  paydo  bo‘lgan  va  qachondir  halok  bo‘ladi.  Dunyo  o‘zgaradi  va  ayni 

zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.  



Me’yor-predmet borlig‘ining chegarasi, me’yor predmet xossalari miqdor 

va  sifat  o‘zgarishlarining  xususiyati  bilan  belgilanadi.  Me’yor  –  bu  miqdor  va 



sifatning  shunday  bir  birligiki,  bunda  muayyan  sifat  faqat  muayyan  miqdor 

bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli 

sifat  mavjud  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  muayyan  oralig‘i  hamdir.  Me’yor  –  bu 

shunday  bir  chegaraki,  unda  miqdor  o‘zgarishlari  narsaning  sifatiga  putur 

etkazmaydi.  Gegel  fikricha,  «Hamma  narsa  o‘z  me’yoriga  ega,  ya’ni  miqdor 

jihatidan  aniqdir».  Masalan,  vodorod  peroksidi  va  suv  bir-biridan 

molekulalardagi  kislorod  atomlarining  miqdoriga  ko‘ra  farq  qiladi.  Huquqiy, 

axloqiy  va  estetik  hodisalar  tavsifida  me’yor  tushunchasi  normativlik 

xususiyatini  kasb  etadi.  «Aynan  «ko‘proq»  va  «kamroq»  orqali  engiltaklik 

me’yori  buziladi  va  butunlay  boshqa  narsa  –  jinoyat  namoyon  bo‘ladi,  aynan 

«ko‘proq»  va  «kamroq»  orqali  adolat  haqsizlikka,  fazilat  nuqsonga  o‘tadi». 

Masalan,  huquqda  qilmishning  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  va  jazo  chorasi 

o‘rtasidagi  muvofiqlikka  rioya  etiladi.  Me’yor  tushunchasida  miqdor  va  sifat 

xossalarining  o‘zaro  aloqasi  aks  etadi.  Tabiatda  kuzatiladigan  narsalarning  bir 

holatdan  boshqa  holatga  o‘tishi  dunyo  evolyusiyasining  muhim  va  keng 

tarqalgan  mexanizmlaridan  birini  aks  ettiradi.  Me’yor  tushunchasi  evolyusiya 

tendensiyalarini  aniqlash,  turli  sistemalarning  o‘tmishi  va  kelajagi  xususida 

gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning 

muayyan  ob’ektiv  ko‘rsatkichi  bo‘lib,  u  mazkur  hodisalarning  kattaligini, 




36 

 

mavjudlik  muddatini  va  umuman  hodisa  yoki  uning  ayrim  tomonlari 



rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.  

Shunday  qilib,  narsalar  va  hodisalar  sifat  va  miqdor  xususiyatlariga  ega 

bo‘ladi.  Ammo  narsalar  va  hodisalarning  bu  tomonlari  o‘rtasida  uzviy  aloqa 

mavjud  emasdek,  ularning  biri  ikkinchisiga  bog‘liq  emasdek  bo‘lib  tuyulishi 

mumkin.  Lekin  amalda  bunday  emas.  Miqdor  va  sifat  o‘rtasida  dialektik  aloqa 

mavjud:  muayyan  sifatni  aks  ettirmaydigan  miqdor  mavjud  emas  va  shu  bilan 

bir  vaqtda  miqdorsiz  sifat  ham  yo‘q.  Mazkur  sifatga  qo‘shimcha  tarzda  doim 

qandaydir  emas,  balki  muayyan  miqdor  javob  beradi.  Biz,  masalan,  uzunligi 

Amudaryo  ustida  qurilgan  ko‘prikning  uzunligiga  teng  bo‘lgan  stolni 

ko‘rmaganmiz. Shuningdek oyoqlarining uzunligi 5 m bo‘lgan odamni tasavvur 

qilish  ham  qiyin.  Shunday  qilib,  har  qanday  sifat  falsafada  me’yor  deb 

ataladigan  miqdor  chegarasiga  ega  bo‘ladi..  Miqdorning  me’yor  doirasida 

o‘zgarishi  sifatning  o‘zgarishiga  sabab  bo‘lmaydi,  lekin  me’yordan  oshganda 

narsa  o‘zining  avvalgi  mohiyatini  yo‘qotadi.  Miqdor  va  sifat  o‘zgarishlarining 

bunday o‘zaro ta’siriga ko‘p sonli faktlarni keltirish mumkin. Masalan, jismning 

tezligi sekundiga 1000, 2000, 7910  metr  bo‘lsa, u  erga  yiqiladi.  Agar  jismning 

tezligi  atigi  bir  birlikka  oshirilsa  va  u  sekundiga  1911  metrga  etkazilsa,  jism 

Erdan  ko‘tariladi  va  uning  yo‘ldoshiga  aylanadi.  Demak,  miqdor  o‘zgarishlari, 

agar  ular  me’yor  doirasida  yuz  bersa,  sifatni  butunlay  o‘zgartirmaydi.  Biroq, 

agar  bu  o‘zgarishlar  me’yor  chegarasidan  chetga  chiqsa,  o‘zining  muayyan 

miqdori va o‘z me’yoriga ega bo‘lgan yangi sifat vujudga keladi.  

Miqdor  va  sifat  o‘zgarishlarining  o‘zaro  bog‘liqligi  haqidagi  qoida 

umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga 

nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: 

miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va 

sifat  tomonlarining  shunday  bir  o‘zaro  aloqasini  aks  ettiradiki,  uning  ta’sirida 

miqdor  o‘zgarishlari  me’yor  chegarasidan  chetga  chiqib,  albatta  tub  sifat 

o‘zgarishlariga  sabab  bo‘ladi,  bu  sifat  o‘zgarishlari  esa,  o‘z  navbatida,  yangi 

miqdor  ko‘rsatkichlariga  olib  keladi.  Bu  qonunga  muvofiq  rivojlanish  bir-

biridan  farq  qiladigan,  lekin  o‘zaro  bog‘langan  ikki  bosqich  –  uzluksizlik  va 

uzluklilikning  birligi  sifatida  yuz  beradi.  Rivojlanishda  uzluksizlik  –  bu  juda 

sust,  ko‘zga  ko‘rinmas  miqdor  o‘zgarishlari  bosqichi.  Rivojlanishda  uzluklilik 

sakrash deb ataladi.  


Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin