ikkinchi darajali ziddiyatlar esa – bog‘lovchi bo‘g‘inlar o‘rtasida yuzaga keladi.
Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet,
uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi
darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‘qligi
31
predmetning sifatini o‘zgartirmaydi. zaruriy ziddiyatlar – bir lahzalik
ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi
mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan avtomobil halokati yuz
bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar, stresslar va
fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob’ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning
asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan
har kuni to‘qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‘z
qilmishlaridan pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus
chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‘rib, o‘zi
qabul qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solish
tafakkurning etuklik belgisidir.
Dostları ilə paylaş: