qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi
mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi
qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro
ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-
biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli
hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida boshqasining
muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni
28
Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati
nima? Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri
boshqasiga «beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi.
Ularning o‘rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka
barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan
itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. SHunday qilib, qarama-
qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno
qilgan holda yuz beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va
nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat
kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini
istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha
hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai,
harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik
ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya
hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki
ularning tarqalish jarayoni hamdir. SHu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga
asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi:
ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning
echilishi).
Dostları ilə paylaş: