- Aloqaning muhimligi. Muhim aloqa – bu narsaning mavjudligini,
uning
harakati
va
rivojlanishini
belgilovchi
bog‘lanish. Aytaylik,
elementlarning davriy qonuni atom og‘irligi, atom o‘zagining zaryadi va
elementlarning kimyoviy xossalari o‘rtasidagi muhim aloqani aks ettiradi;
- Aloqaning zaruriyligi. Zaruriy aloqa – bu muayyan sharoitda zaruriy
tarzda namoyon bo‘luvchi bog‘lanish. Masalan, fizikada ma’lum bo‘lgan
o‘tkazgich qarshiligining o‘tkazgich tarkibi, uning uzunligi va ko‘ndalang
kesimining yuziga bog‘liqligi qonuni o‘tkazgichda elektr toki o‘tgan har bir
holda zaruriy tarzda namoyon bo‘ladi, chunki u o‘tkazgich qaysi moddadan
yasalgan bo‘lsa, shu moddaning tabiati, unga xos bo‘lgan ob’ektiv xususiyatlar
bilan belgilanadi;
- Aloqaning barqarorligi. Barqaror aloqa – bu ishonchli tarzda
saqlanadigan aloqa. U materiya harakatining tegishli shakli (materiya
rivojlanishining muayyan bosqichi) yoki tafakkur mavjud bo‘lgan davr
mobaynida, toki bu narsalar va hodisalar mavjud ekan, amalda mavjud bo‘ladi;
- Aloqaning umumiyligi. Aloqaning umumiyligi shunda namoyon
bo‘ladiki, unga ob’ektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari,
hodisalari va jarayonlari bo‘ysunadi.
Dostları ilə paylaş: |