tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni
muqarrar tarzda borliqning o‘zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga
olib keladi. Umuman o‘zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni
qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy
rivojlanadi, o‘zgaradi va g‘oyib bo‘ladi (o‘ladi, halok bo‘ladi, barham topadi).
Demak, har qanday hodisa o‘z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat
rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy
aloqalar va o‘zaro ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar amalda
mavjud emas. Rivojlanish falsafasining muhim belgilaridan biri va umumiy
23
Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, ular ob’ektiv
xususiyat kasb etadi, ya’ni odamlar ongidan qat’iy nazar, ob’ektiv qonuniyat
sifatida mavjud bo‘ladi.
Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim,
barcha hodisalarda, barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, o‘zaro aloqa o‘zining mohiyati va tabiatiga ko‘ra
serqirradir, zero har bir predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan
minglab rishtalar vositasida bog‘lanadi va bu aloqa moddiy va ma’naviy dunyo
hodisalari va jarayonlari o‘rtasidagi munosabatlarning oxiri ko‘rinmaydigan
tarmog‘i bilan tavsiflanadi.
To‘rtinchidan, real aloqalar o‘z xususiyati, chuqurlik va murakkablik
darajasi, namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra cheksiz darajada rang-barangdir.
Rivojlanish falsafasi borliqning rang-barang aloqalarini tahlil qilishga nisbatan
differensiatsiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u quyidagi aloqalarni
farqlaydi:
- materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‘lgan
aloqalar (mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy bog‘lanishlar);
- materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‘lgan aloqalar
(makonga doir, vaqtga doir, strukturaviy, genetik, sababiy, funksional
bog‘lanishlar).
Ammo aloqalarning ko‘p sonli konkret shakllari orasida Rivojlanish
falsafasini borliqning barcha hodisalari va jarayonlarida namoyon bo‘luvchi
o‘ziga xos aloqalar (bog‘lanishlar xususiyati) qiziqtiradi. Aloqalarning bunday
shakllari qatoriga ichki va tashqi aloqalar; muhim va ahamiyatsiz
bog‘lanishlar; zaruriy va tasodifiy bog‘lanishlar; barqaror va beqaror
aloqalar; umumiy va yakka aloqalar kiradi.
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari
yordamida predmet o‘z tabiatini ro‘yobga chiqaradi, ya’ni ular bosh rolni
o‘ynaydi, boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. SHunga
muvofiq «qonun aloqa demak» degan ibora paydo bo‘lgan. Bu to‘g‘rimi?
To‘g‘ri, agar qonun – bu har qanaqangi aloqa emas, deb qo‘shimcha qilinsa.
Qanday aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega
bo‘lgan o‘zaro bog‘lanishga aytiladi.
- Aloqaning ob’ektivligi. Bu erda gap bugun qabul qilinib, ertaga bekor
qilinadigan yuridik qonunlar haqida borayotgani yo‘q. Energiya va moddaning
saqlanish qonunlari yoki butun olam tortishish qonuni haqida gapiradigan
bo‘lsak, biz ularni bekor qilishimiz yoki ularning amal qilishini ongli ravishda
24
to‘xtatishimiz mumkin, deb aytish aqlga sig‘maydi.. Demak, qonunning muhim
belgisi narsalarning ob’ektiv holatini, narsalar va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv
aloqani aks ettirishida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: