18
Fan va ijtimoiy-tarixiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tabiat, jamiyat, inson va
inson tafakkuriga xos bo‘lgan asosiy umumiy xususiyatlardan biri — bu ularda
progress tomon rivojlanishning, ya’ni taraqqiyot ning mavjudligidir.
Noorganik tabiatda rivojlanish moddiy ob’ekt larning, ulardagi o‘zaro
aloqadorlik va harakat turla rining tobora murakkablashib borishi tarzida
namoyonbo‘ladi.
Organik tabiatda esa rivojlanish tirik orga nizmlarning tashqi muhitga
moslashuvi asosida,ulardagi tabiiy va sun’iy tanlanish jarayonida eski, sodda
turlarning o‘rniga yangi, murakkabroq turlarning paydo bo‘lib, ularning
takomillashib bori shida ifodalanadi.
Insonning rivojlanishi deyilganda esa, odamning tobora ijtimoiylasha borib,
mehnat, til, ong vaaxloqning ta’siri tufayli ijtimoiy zot — insonga aylana
borishi, nihoyat, ibtidoiy jamoa tuzumi kishisidan to hozirgi davr kishisigacha
bosib o‘tilgan bosqichlar tushiniladi.
Progress tomon rivojlanish, ayniqsa, jamiyathayotida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Jamiyatdagi rivojlanish bir quyi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan
Regress (lotincha “gegresh — so‘zidan olingan bulib, orqaga tomon harakat,
qaytish degani) — salbiy tomon o‘zgarish, ortga qaytish, yuqoridan quyi tomon
borishga nisbatan progressivroq, yuqoriroq ijtimoiy iqtisodiy bosqichlarga o‘tib
borish asosida ro‘y beradi.
Inson tafakkuri jarayoniga xos rivojlanish esa, bu inson bilishining
bilmaslikdan bilishga tomon, to‘la bo‘lmagan bilimlardan to‘laroq bilimlarga
tomon, oddiy bilishdan ilmiy bilishga tomon yuksalib borishidir.
Biz ko‘rib o‘tgan sohalarning har birida progress tomon rivojlanish o‘ziga
xos shakllarda yuz beradi. Shu bilan birga, ularning hammasiga xos rivojla
nishning umumiy tomonlari ham bo‘lib, ular birlikdabir butun dunyoning
umumiy rivojlanish manzarasini fodalaydi.
Umuman, biz rivojlanish atamasini juda ko‘p ishlatamiz, u bizga
tushunarlidek, tuyuladi. Aslida esa, bu tushuncha ifodalagan jarayon, biz
o‘ylagandek, unchalik sodda emas. «Rivojlanish» tushunchasi ko‘p hollarda
olg‘a qarab borishning sinonimi sifatida «progress» tushunchasiga
tenglashtiriladi. Bugungi kunda insoniyat jamiyatining rivojlanishi, unda sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlar rivojlanishning murakkab jarayon ekanligidan dalolat
bermoqda.
Unda muayyan davriy o‘zgarish bilan bir qatorda, progressga tomon
takrorlanmas o‘zgarishlar, turli xil zigzaglar mujassamligi ham ma’lum
bo‘lmoqda. Ayniqsa, keyingi paytlarda jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar
19
tahlikali tendensiyalar, halokatlar xavfi bo‘lgan jarayonlarni ham o‘z ichiga
olishligi ravshan bo‘lmoqda. Bu jarayonlarni to‘g‘ri tushunib olish vaularga
to‘g‘ri yondoshib, to‘g‘ri xulosalar chiqarish uchun bizga yangicha fikrlash juda
zarur bo‘lmoqda. Masalan, bizning shu paytgacha o‘ylamasdan tabiat
boyliklarian talon-tarojlik bilan foydalanib kelishimiz natijasida bugungi kunda
tabiat o‘z boshidan umumiy tanazzo‘l (tanglik)ni kechirishi xavfi paydo bo‘ldi.
Shuning uchun tabiat va jamiyatda yuz berayotgan hozirgi jarayonlarning tahlili
rivojlanishning falsafiy tushunchasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.
Bunga sabab rivojlanish jarayonida turli xil o‘zga rishlarning ziddiyatli
xarakterlari namoyon bo‘layot ganligidir. Rivojlanish jarayoni shu bilan birga,
o‘ztabiatiga ko‘ra turlicha yo‘nalishdagi, bir-biriga qarama-qarshi va ayni
vaqtda bir-biridan ajralmas tendensiyali tomonlarga ham ega. Bu tendensiyalar
differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining birligidan iboratdir.
Shuni aytish kerakki, rivojlanishning turli tomonlari, bosqichlari, uning
konkret xususiyatlariturli konkret fanlar tomonidan o‘rganilib, ularninghar biri
o‘zining sohasiga oid alohida rivojlanish nazariyalarini ishlab chiqadi va
mukammallashtirib boradi. Masalan, hozirgi zamon kosmologiyasi koinot,
ayrim galaktikalar, turlicha kosmik ob’ektlarning kelib chiqishi kabi
nazariyalarni ishlab chiqmokda. Evolyusion biologiya esa tirik organizmlarning
rivojlanishi, ularda sodda turlardan murakkabturlarning qanday kelib chiqishi
haqida o‘z nazariyalariga ega. Tarix fanida esa kishilik jamiyatining rivojlanish
qonuniyatlari haqida turli nazariyalar mavjud; tilshunoslik fani bo‘lsa turli
tillarning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi nazariyalarni ishlab chiqqandir.
Bular rivojlanishning turli konkret maxsus sohalariga oid nazariyalardir.
Rivojlanishning turli maxsus fanlar sohalariga oid bunday nazariyalarining
umumiy jihatlari Rivojlanish falsafasida ifodalanadi. Rivojlanish falsafasi esa
bir butun borliqning harakati, o‘zgarishi va rivojlanish qonunlari va prinsiplarini
o‘z ichiga olgan umumfalsafiy ta’limotdir.
Dostları ilə paylaş: