Jizzax davlat pedagogika instituti


O’ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH TO’G’RISIDAGI



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix27.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#51656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
ozaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari (1)

O’ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH TO’G’RISIDAGI 

QARASHLAR TARIXI 

Harakat,  taraqqiyot,  umumiy  bog’lanish  va  aloqadorlik  to’g’risidagi 

falsafiy qarashlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo’lgan.  

Lekin, dunyodagi barcha o’zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy 

jihatdan  tushunib  yetish  juda  qiyinlik  bilan  kechdi.  Cunki,  insoniyat 

taraqqiyotining  juda  uzoq  davrlarigacha  kishilar  kosmosni,  o’simliklar, 

hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o’zlarini ham o’zgarmas, doimo bir xilda 

turadi,  deb  bilishgan.  Dunyoning  o’zgaruvchanligi,  undagi  narsa  va 

hodisalarning  bir-birlariga  bog’likligi  to’g’risidagi  tasavvurlarning  paydo 

bo’lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonidagi juda katta kashfiyoti bo’lgan. 

Dunyoning  o’zgaruvchanligi  to’g’risidagi  dastlabki  fikrlar  qadimgi  Xitoy, 

Hindiston hamda Yunonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi 

davr  faylasuflari, garchi hali harakatning turli  kurinishlari  va xillari to’g’risida 

ilmiy dalillarga ega bo’lishmasa ham, borliqning umumiy o’zgaruvchi xarakteri 

haqida o’z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi. 

Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o’z tajribalarida narsa, hodisalardagi 

o’zgaruvchan xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o’zgarmas xusu 

siyatlarning  ham 

mavjudligini  anglay  boshlaganlar.  Nihoyat,  dunyo 

o’zgaruvchanmi, yoki o’zgarmasmi? degan sa vollar paydo bo’lib, bu savollarga 

mutafakkirlar  turli  xil  javob  berganlar.  Qadimgi  mutafakkirlar  ziddiyatlilik  va 

o’zgaruvchanlik  fikr-mulohazalardagina  emas,  balki  real  borliqda  ham  mavjud 

ekanligini  payqaganlar.  Bu  faktning  tagiga  yetgan  ilk  mutafakkirlardan  biri 

efeslik  Geraklit  bo’lgan.  U  dunyoni  «jonli  olov»  yoki  «ikki  marta  kirish» 

mumkin bo’lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda 

zamon o’tishi bilan hamma narsa o’zining dastlabki shakl-shamoyilini yo’qotadi 

va  asta-sekin  o’zining  qarama-qarshiligiga  o’tadi:  ho’l  narsa  quriydi,  quruq 

narsa  esa  nam  tortadi;  bir  narsa  boshqa  narsaga:  sovuq  issiqqa,  tirik  o’likka 

o’tadi.  Bu  mulohazalarda  hozirgi  talqindagi  dialektikaning  asoslari 

mujassamlashgan.  Shu  sababli  qadimgi  faylasuflarning  stixiyali  dialektikasini 

dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblanadi. Amaliyot bergan kupdan-

ko’p  ma’lumotlarga  va  o’z  kundalik  tajribalariga  tayangan  ko’pchilik 

mutafakkirlar  dunyo  o’zgaruvchan,  deyishsa,  bunga  qarama-qarshi  bo’lgan, 

dunyo  o’zgarmas,  barqaror,  deyuvchi  mutafakkirlar  ham  o’zlarining  muayyan 

asoslariga  ega  bo’lishgan.  Natijada,  dunyoning,  undagi  narsa  va  hodisalarning 

ham  o’zgaruvchan,  ham  barqaror  o’zgarmas  xossalari  haqidagi  qarashlar  kelib 

chiqadi.  Haqiqatan  ham,  narsa  va  hodisalar  ma’lum  vaqt  ichidahar  qancha 




11 

 

o’zgarsa  ham,  ayni  vaqtda  ularning  ma’lum  tomonlari  o’zgarmay  qolaveradi. 



Xullas,  bunday  qarashlar  to’plana  borib,  narsa  va  hodisalarning  qarama-qarshi 

tomonlari,  ular  o’rtasidagi  zidsiyatlar  haqidagi  qarashlar  tufayli  falsafaning 

rivojlanish masalasi kelib chiqadi. 

Rivojlanish g’oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. 

Dastlab kishilar rivojlanish to’g’risida hech bir tasavvurga ega bo’lmagan. Lekin 

keyinchalik  ular  dunyodagi  narsa  va  hodisalarda  yuz  beradigan  turli  xil 

o’zgarishlarni  anglay  borib,  dunyoning  uzluksiz  harakatda,  o’zgarish  va 

rivojlanishda  ekanligini  tushuna  boshlagailar.  Ular,  shu  bilan  birga,  tabiat  va 

jamiyat  voqea-hodisalarida  juda  ko’p  davriy,  takrorlanuvchi  hodisalarni  ham 

bilib  borganlar.  Masalan,  yil  fasllari,  kun  bilan  tunning  o’rin  almashishi  va 

shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi 

narsaning, yangi bosqichning paydo bo’lishi, deb tushunish darajasiga ko’tarila 

olmaganlar. 

Rivojlanishni  butunlay  yangi  sifat  o’zgarishi,  eskiga  nisbatan  jiddiy 

yangining paydo bo’lishi, deb tushunishda uyg’onish davri Sharq va O’rta Osiyo 

mutafakkirlari,  keyinchalik  esa  o’rta  asr  xristian,  diniy  va  tarix  falsafasi 

mutafakkirlari  bir  qadar  oddinga  ketadilar.  Ularning  qarashlarida  rivojlanish 

g’oyasini insoniyat jamiyati tarixiga tatbiq etishga urinishlarni uchratamiz. 

Rivojlanish g’oyasini bir butun dunyo rivojlanishibilan bog’lab tushunishda 

muhim  qadamni  birinchi  bo’lib  fransuz  faylasufi  Rene  Dekart  qo’yadi.  U, 

dunyoni  xudo  yaratayotib,  unga  dastlabki  turtkini  kiritgan  va  uni  harakatga 

keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo inqilobiy 

qaytaqurishni  o’z  ichiga  olgan  tarixiy  rivojlanish  g’oyasini  ilgari  surishadi. 

Ularning  izdoshi  Kondorse  esa  o’zining  jamiyatning  ilgarilama  harakati, 

uzluksiz  ta  raqqiyot  to’g’risidagi  ta’limotini  yaratadi.  Bu  mutafakkirlar  o’z 

qarashlarida  g’oyaviy  omillar  (masalan:axloq,  din,  huquq  va  shu  kabilar) 

jamiyatni harakatgakeltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g’oyani 

ilgari suradilar. 

Nihoyat,  rivojlanish  to’g’risidagi  har  xil  qarashlarning  sintezi  sifatida  bir 

butun taraqqiyot nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo’ldi. Bu 

falsafaning asoschilaridan biri I. Kant rivojlanish g’oyasini quyosh sistemasi va 

barcha  yulduzlar dunyosini  izoxlashga  tadbiq  etib, uni  hatto insonning ijtimoiy 

rivojlanishiga,  xususan,  insonning  axloqiy  rivojlanishiga  ham  joriy  etishga 

urinadi.  Kantning  shogirdi  Gerder  esa  rivojlanish  g’oyasini  butun  xalqlarning 

tarixiy taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo’lib tadbiq 



12 

 

etadi.  Bu  davrga  kelganda,  dialektika  tushunchasi  endi  rivojlanish  g’oyasini 



ifodalay boshlaydi. 

Dialektikani  rivojlanish  haqidagi  har  taraflama,  mazmun  jihatdan  boy  va 

chuqur ta’limot sifatida birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili 

Gegel  ishlab  chiqdi.  Gegelning  ulug’  xizmati  shu  bo’ldiki,  u  birinchi  bo’lib, 

butun  tabiiy,  tarixiy  va  ma’naviy  dunyoni  bir  jarayon  shaklida,  ya’ni  uzluksiz 

harakat qilib, o’zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda ko’rsatdi 

va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog’lanishini ochib berishga urindi.  

Hozirgi  davrga  kelib  shu  narsa  o’z  isbotini  topdiki,  olamda  o‘z-o‘zidan, 

tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi. Nar-

sa, hodisa va voqealar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik, aloqa-dorlik va bir-biriga ta’sir 

qilishlik  ob’ektiv  qonuniy  holdir.  Ana  shu  qonuniyatni  ochib  berish  –  fanning, 

xususan falsafa fanining vazifasidir. 


Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin