Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix27.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#51656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
ozaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari (1)

Qonun tushunchasi. Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy 

o‘zgarishlarning  abadiy  takrorlanib  turishidan  iboratdir.  Bu  takrorlanishlar  esa 

o‘z  mohiyati  va  xususiyatlarini  saqlab  qolganliklaridan  qonun  va  qonuniyat 

tusini olgan. 

Masalan,  biz  Nyuton  tomonidan  kashf  etilgan  butun  olam  tortishish 

qonunini  o‘rganganimizda  ana  shunday  holni  idrok  etganmiz.  Bu  qonunning 

asosiy  mohiyati  butun  olamdagi  narsalarning  bir-biri  bilan  aloqadorligi 

tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqiqada bu holatning sodir 

bo‘lib turishini isbotlaydi. 

Xo‘sh,  qonun  o‘zi  nima?  U  kishi  va  umuman,  jamiyat  hayotida  qanday 

ahamiyatga  ega?  Qonunni  bilmasdan,  o‘rganmasdan  turib  yashash  mumkinmi? 

Qonun  tushunchasi  kundalik  hayotimizda  nisbatan  tez-tez  ishlatib  turiladigan 

tushunchadir.  Xususan,  fizika  yoki  kimyo  qonunlari  deymiz,  tabiat  qonuni  yoki 

bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar,  yuridik qonunlar va h. k. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish 

tamoyillarining  uchinchisi  ham  qonun  to‘g‘risida  bo‘lib,  unda  barcha  sohada 

qonunning  ustuvorligi  ta’minlanishi  ta’kidlanadi.  Yuqoridagilarni  birlashtirib 

turadigan, barchasi uchun ham umumiy bo‘lgan xossa, xususiyatlar bormi? 

Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat 

va  inson  taraqqiyoti  ma’lum  qonunlar  asosida  amalga  oshadi.  Fanlarning 

(ijtimoiy,  gumanitar,  tabiiy  va  h.  k.)  asosiy  vazifasi  har  bir  soha  bo‘yicha 

tadqiqot  o‘tkazib,  qonunlarni  kashf  qilish  yoki  ularning  amal  qilish 

xususiyatlarini o‘rganish va ochib berishdan iborat. 

Qancha  ko‘p  qonun  kashf  qilinsa,  taraqqiyot  shuncha  tez  bo‘ladi. 

Taraqqiyot  qonunlarini  bilmasdan  turib,  rivojlanishga  erishish  qiyin.  Yaqin 




13 

 

o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s’ezd, 



plenum,  konferensiya  qarorlari  asosida  eksperimentlar  o‘tkazib,  barcha  uchun 

farovon  hayot  —  kommunizm  jamiyatini  barpo  qilmoqchi  bo‘lishganini  va 

bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma’lum. 

Hozir  mustaqil  O‘zbekiston  barcha  rivojlangan  mamlakatlar  singari 

ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  davlat, 

fuqarolik  jamiyati  barpo  qilish  yo‘lidan  bormoqda.  Bunda  umumbashariy 

qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan. 

Endi  shunday  savol:  Nima  uchun  inson  qonunni  bilishi  kerak?  Bunda 

oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida barcha odamlar issiq kiyimlar 

(etik,  palto,  qo‘lqop  va  h.  k.)  sotib  olishadi,  o‘tin  yoki  ko‘mir  g‘amlab 

qo‘yishadi va h. k. Nima  uchun? Chunki ular tabiatning  bitta qonunini,  ya’ni 

fasllarning  o‘zgarishi,  yozdan  keyin  kuz,  undan  keyin  qish  kelishini  juda 

yaxshi bilishadi. 

Yoki  yana  bir,  jo‘nroq  bo‘lsa-da,  misol:  sizga  birov  uyning  5-qavatidan 

tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bo‘lmaysiz. Nima uchun? Chunki siz I. 

Nyuton  kashf  qilgan  «Butun  olam  tortishish  qonuni»ni  yaxshi  bilasiz.  Balki 

bilmassiz  ham,  havoning  o‘z  jismingizdan  zichligi  kamligiga  e’tibor  qilmassiz 

ham,  deylik.  Ammo  siz  bu  holda  omon  qolishingiz  qiyinligini,  mayib 

bo‘lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz. 

Inson  qonunlarni  bilishi,  ularga  amal  qilishi  doirasida  erkindir.  Erkinlik 

nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan 

biri  zaruriylik,  ya’ni  ob’ektiv  tarzda  amalga  oshish,  o‘z-o‘zidan  namoyon 

bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan 

iborat faoliyatni anglatadi. 

Yuristlarda  shunday  ibora  bor:  «Qonunni  bilmaslik  javobgarlikdan  xolos 

qilmaydi».  Ana  shu  tufayli  siz  yuridik  qonunlarni  qancha  yaxshi  bilsangiz, 

o‘zingizning faoliyatingizni shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin 

bo‘lasiz. Bu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, 

qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz. 

Yuqoridagi  fikrlarni  xulosa  qilib,  qonunga  qo‘yidagicha  ta’rif  berish 

mumkin:  Qonun  olamdagi  narsa  va  hodisalarning  muhim,  zaruriy,  umumiy  va 

takrorlanib  turuvchi  bog‘lanishlari,  o‘zaro  aloqalari  va  munosabatlarining 

namoyon bo‘lishidir. Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz: 

- qonun  turli-tuman  aloqadorliklar,  bog‘lanishlardan  faqat  muhimlarini, 

ya’ni  shunday  bog‘lanishlarni  ifodalaydiki,  bular  olamning  mavjudligi, 



14 

 

o‘zgarishlari  va  undagi  narsa  hamda  hodisalarning  mohiyatidan  kelib  chiqqan 



bo‘ladi; 

- qonun  zaruriy  bog‘lanishlarni  ifodalaydi,  ya’ni  tasodifiy  bog‘lanishlar, 

goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi. 

- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi. 

Qonun 

nisbatan 



barqaror, 

takrorlanib 

turuvchi 

bog‘lanishlarni 

(munosabatlarni)  ifodalaydi,  ya’ni  bir  safar  yuz  berib,  ikkinchi  safar  yuz 

bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2014 yili qishdan 

keyin  bahor  kelib,  2015  yilda  qishdan  keyin  birdaniga  yoz  kelishini  tasavvur 

qilib bo‘lmaydi. Chunki, bu tabiat qonuni — fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga 

kirmaydi.  Tabiat  qonunlarining  yana  bir  eng  muhim  xususiyati  —  u  ob’ektiv 

xarakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, 

hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki 

uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil 

qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar ob’ektiv xususiyatga ega. 

Olamdagi  har  bir  narsa  va  hodisa  bir-birini  taqozo  qiladigan  va  shu  bilan 

birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, 

voqelik  va  o‘zgarish  jarayonida  ayniyat  va  ziddiyatning  bo‘lishi  ham  odatiy  hol. 

Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy 

zaryadlari,  yaxshilik  va  yomonlik,  adolat  va  jaholat  va  h.  k.  Qarama-qarshi 

tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri 

ikkinchisisiz  mavjud  bo‘la  olmaydi.  Faraz  qilaylik,  magnitning  manfiy  zaryadi 

bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi. 

Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar 

qanchalik  xilma-xil,  turli-tuman  bo‘lmasin,  ular  o‘rtasida  yaqinlik,  aynanlik 

mavjuddir.  Masalan,  stol  va  stul  sifat  jihatidan  turli  narsalardir.  Lekin  baribir 

ular  o‘rtasida  o‘xshash  tomonlar,  belgilar  bor. Aytaylik,  ularning  yo  rangi  yoki 

bir xil materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi mumkin 

va h.k. 

Ma’lumki,  hodisalarni  tavsiflashdan  ularning  mohiyatini  anglab  etishga 

o‘tish  hodisalarda  umumiy  jihatlarni  topishni  talab  etadi..  Bunda  vazifa  turli 

hodisalar  o‘rtasida  umumiy  jihatlarni  topishdangina  iborat  emas.  Hodisalarni 

birlashtiruvchi  va  ularning  birligini  belgilovchi  asosni  tushunib  etish  zarur.  Bu 

asos  –  hodisalarni  «biriktiruvchi»  va  ularni  bir-biriga  yo‘ldosh  bo‘lish, 

uyg‘unlashish  va  muvofiqlashishga  majbur  qiluvchi  amalda  mavjud  bo‘lgan 

barqaror aloqani aks ettiruvchi tushuncha qonundir.  




15 

 

Qonunlarni  bilishga  hodisalarni  ilmiy  o‘rganish  natijasida  erishiladi. 



Odatda,  bu  olimlarning  tafakkurdan  uzoq  zahmat  chekishni  talab  etuvchi  juda 

og‘ir  ishdir.  Voqelikning  biron-bir  qonunini  aniqlash  uchun  olim 

o‘rganilayotgan  hodisalar  haqidagi  dastlabki  ma’lumotlarning  ko‘p  sonli 

to‘plamlariga  tayanishiga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  ma’lumotlar  shunday  tartibga 

solinishi  va  umumlashtirilishi  lozimki,  hodisalarning  mazkur  sohasi  asosiy 

elementlar  va  munosabatlarni  farqlash  imkonini  beradigan  tizim  sifatida 

namoyon  bo‘lsin.  Shunday  so‘ng  elementlarning  rang-barang  munosabatlari 

orasida  tizimning  va  tizim  ayrim  elementlarining  har  qanday  o‘zgarishlarida 

saqlanib  qoluvchi  umumiy,  o‘zgarmas,  invariant  aloqalarni  aniqlash  talab 

etiladi.  Qonunlarni  uch guruhga ajratish mumkin: 




Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin