Umumiy aloqadorlik tamoyili. Dunyo o‘ta rang-barang. Har bir ob’ekt
ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa
jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma
boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. SHunday
qilib, har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar
bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.
Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan
masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning
o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob’ektlar diskretlik, shakllanganlik va
nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‘lgan joyda aloqalar mavjud bo‘lishi
mumkinmi? O‘z-o‘zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar
mavjud bo‘lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas.
Shu sababli umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik»,
«cheksizlik», «tuganmaslik» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy
bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini,
dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal
aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida
namoyon bo‘ladi. Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Xususan, bir tomonlama va o‘zaro aloqalar, to‘g‘ri va egri aloqalar, bevosita
va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi. Hajm jihatidan aloqalar
umumiy, alohida va xususiy bo‘lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik,
funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa aloqalar
farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‘i
doirasida tadqiq etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus
fanlarning predmeti hisoblanadi. Rivojlanish falsafasi borliqning barcha
jarayonlariga xos bo‘lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni o‘rganadi. Fan
borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,
barqaror, takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar
Rivojlanish falsafasi kategoriyalarida yoritiladi.
O‘zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy
zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish
bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va
«ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular
21
bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi
barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.
Ob’ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy
aloqalar «tuguni»ni echish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni
o‘zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va
xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar,
tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zaro
aloqani tushunish – umuman ob’ektni tushunish demakdir.
Ammo har qanday ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa qilgani
bois, uning barcha o‘zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa ob’ektlarni
o‘rganishga, ulardan – uchinchi ob’ektlarga o‘tishga to‘g‘ri keladi va h.k. Ayrim
ob’ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal
ta’biri bilan aytganda, to‘g‘nag‘ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish
talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |