Sababiyat tamoyili. Sababiyat aloqalarning genetik tipi, zero unda bir
hodisa muqarrar yangi bir hodisani yaratadi. Yangi sifatning paydo bo‘lishi
sababga ega. Masalan, O‘zbekistonda mudofaa sohasidagi islohotlar ilgarigi
mudofaa xizmatining hozirgi davr talablariga javob bermasligi davlat
manfaatlariga mos emasligi bilan belgilanadi.
Tizimlilik tamoyili. Tizimlilik tamoyili va u bilan bog‘liq tizimli
yondoshuv
o‘zida
Rivojlanish
falsafasining
kompleks
g‘oyalarini
mujassamlashtirgan hozirgi zamon fani va amaliyotida muhim metodologik
ahamiyat kasb qiladi. Tizimlilik tamoyilining asosiy omili yaxlitlik tamoyilidir.
Bu ob’ektlarni ikki yoqlama: bir tomondan ob’ektlarning muhit bilan
mutanosibligi,
ikkinchi
tomondan
tizim
elementlari,
xossalari
va
funksiyalarining butun doirasida ichki bo‘linishi nuqtai nazaridan o‘rganishni
talab qiladi. Bunda butunning xossalari uning elementlarini nazarda tutadi va
aksincha.
Tizimning
yaxlitligi
haqidagi
tasavvurlar
aloqa
orqali
konkretlashtiriladi. (Aloqalar haqida yuqorida aniq ma’lumot berilgan)
Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular
o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos bo‘ladi, deymiz.
Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab
bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta’sir kuchi va
doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va
tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va
hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin.
26
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan
bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo‘lmagan birorta ham voqea yoki
hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta’sir natijasida narsa-
hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham
birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lishi turli
darajada bo‘lganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim yil
mobaynidagi o‘zgarishini, ya’ni ulg‘ayishini yoki bo‘lmasa, tabiatdagi qish
faslidan bahor fasliga o‘tishdagi o‘zgarishlarni oddiy ko‘z bilan yaqqol sezish
mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, Er qa’ridagi ichki jarayonlarni
ma’lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar
zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g‘aflatda
qolib kelmoqdalar. Ya’ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug‘lik, issiqlik,
namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi,
quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi.
ulardagi o‘zaro bog‘liqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday
oson ko‘rish va ilg‘ash mumkin bo‘lgan, ochiq-oydin ro‘y beradigan voqea,
hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg‘ash qiyin
bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va
o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo‘llaniladi. O‘rta asrlarda,
ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga alohida e’tibor berilgan.
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli,
bu erda uning quyidagi qisqa ta’rifi bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi
har qanday o‘zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga,
oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu
jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon
shakldagi harakatdan iborat bo‘lishi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o‘tmishdan kelajakka tomon
o‘tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalarning takrorlanishi, zamonda
orqaga qaytishlar ham sodir bo‘lib turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bir
bosqichida oldingi bosib o‘tilgan davr takrorlangandek bo‘ladi, ammo bu
ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Holbuki, har kuni
tongda o‘sha Quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni, bog‘u biyobonlarni, biz
yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon
o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi
kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning
27
ichida? unda minglab bolalar tug‘ilmadimi, son-sanoqsiz jarayonlar ro‘y berib,
Er sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha
axborotlar tarqatilmadimi? Ona zamin o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini
davom ettirmadimi? Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va
zohiriy o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishidir. Dunyoning mavjudligi ana
shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan
iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab
qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Quyida biz falsafa qonunlari tizimida markaziy o‘rinni egallaydigan
qarama-qarshiliklar birligi va o‘zaro tasiri qonuniga to’xtalib o’tamiz.
Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini
ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Dostları ilə paylaş: |