Tarixiylik tamoyili. Har qanday, narsa, jarayon mavjudligi paydo
bo‘lish, rivojlanish va yo‘qolish bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Masalan Er
taxminan 6 milliard yil ilgari issiq gazsimon tumanlikdan paydo bo‘lib, hozirgi
holatiga etgan. Ayni paytda olimlar qachonlardir Erning sovib, oysimon, sovuq
planetaga aylanishini e’tirof etganlar.
Materialistlar tarixiylik tamoyilini “olamning moddiy birligi haqidagi
monistik tamoyilga” mosligi uchun reallikning barcha sohalarida mavjud deb
hisoblaydilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarixiylikni mutloqlashtirish
to‘g‘ri emas. Chunki, ilgari Oy oddiy planeta bo‘lgan, hozir esa sovuq kosmik
jism, qutb yulduzining konfiguratsiyasi 50 ming yil ilgari hozirgidan boshqacha
bo‘lgan, insonning jismoniy tipi 40-50 ming yil ilgari to‘liq shakllangan. Bunda
tarixiylik to‘liq namoyon bo‘layotgandek. Biroq, aslida, tabiat, materiya abadiy,
biz Uning faqat muayyan fragmentlarini, tabiat fragmentlarining tarixini
qo‘ramiz xolos. Shuning uchun tarixiylik tamoyili haqida emas, balki
evolyusiya tamoyili haqida gapirish to‘g‘riroq bo‘ladi.
25
Tarixiylik tamoyilining shakllari turlicha. Tarixiyliknnig ijtimoiy jihati
ijtimoiy tarixning qonuniyatligi, uning taraqqiyoti qaytarilmas ekanligidan
dalolatdir. Yangi ijtimoiy tuzilma va tizimlarning paydo bo‘lishi muqarrar.
Ijtimoiy hayotni o‘rganishda tarixiylik tamoyili g‘oyasi Ibn Xaldun, ar-Roziy,
Gegel, Shmoller ijodida aks etgan. Metodologik jihatdan tarixiylik tamoyili
jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi yaxlitlikni, rivojlanishning
istiqbollarini baholash imkonini beradi. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikning
dastlabki yillaridayoq ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirdi. Bu ta’lim
tizimining ilgarigi holatidan butunlay yangi holatga o‘tishini ta’minladi. Mulk
sohasidagi
islohotlar
esa
kishilarning
mulkka
ongli
munosabatini
shakllantirishga zamin tayyorladi. Jamiyatning tarixiy rivojlanishida va
tarixiylik tamoyilining amal qilishida tarixiy taraqqiyotni bilish yoki bilmaslik
muhim ahamiyat kasb qiladi. Zero, bilish orqali yangi jamiyatning nazariy
asoslari yaratiladi, bilmaslik esa ko‘r ko‘rona faoliyat natijasida jamiyatni
navbatdagi boshi berk ko‘chaga olib kiradi.
Dostları ilə paylaş: |