Atrof-muxitni asrash – ona tabiat oldidagi ma’naviy qarzdorlik asosida shakllanadigan
tuyg’u; yer, yer osti boyliklari, suv, o’rmon, xayvonot va o’simlik dunyosi xamda atmosfera xavoni
muxofaza qilish, tabiatni saqlash, qayta ishlash, atrof muhitning biologik xilma xilligini asrashga
qaratilgan faoliyat.
Autotrening – o’z-o’zini ishontirishga asoslangan maxsus mashqlar majmui.
Affekt- (lotin. Ruxiy to’lqinlanish, kuchli ehtiros) – nisbatan tez va qisqa muddatli, kuchli
ehtirosli va emosional xolat; shaxs uchun muhim xayotiy vaziyatlarning tez o’zgarish tarzida
namoyon bo’ladi; muayyan kishining o’z xatti xarakatlarini nazorat qilo olmay qolishini
ifoydalaydigan tushuncha. O’ta kuchli affekt xolatida shaxs fel-atvori, o’zini tutishi, muomala
munosabati, obyektiv voqyelikni aks ettirishining xarakter va mazmuni o’zgaradi. Affekt tushkun
va tang vaziyatlarda yuzaga keladi. Affekt xolatida kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat
qilish qobiliyati yo’qoladi, tibbiyot Seminarotida fiziologik patologik affekt xolati kuzatiladi.
Fiziologik affektda kishi o’z xatti xarakatini idora eta olish, keyinchalik barcha voqyealarni
xotirasida saqlab qolishi mumkin.
Axloqiy madaniyat –jamiyatdagi axloqning yuksaklik darajasini fuqarolarning axloqiy
saviyasini aks ettiruvchi tushuncha. U shaxsning jamiyatdagi asosiy axloqiy me’yorlarini egallashi
va o’zgalar bilan shu asosda munsoabatda bo’lishi, o’zini axloqiy tomondan muntazam
takomillashtirib borishi singari jixatlarni o’z ichiga oladi. Axloqiy madaniyatning eng muhim
omillaridan biri – muomala odobi. Insonlar bir biri bilan xamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba
almashmasdan o’zaro ta’sir ko’rsatmasdan yashashi mumkin emas.
Axloqiy me’yorlar –kishilar o’z xayoti va faoliyatida amal qiladigan ijtimoiy ishlab
chiqilgan xulq atvor qoidalari.
Axloqiy sifatlar – shaxsning barcha vaziyatlarda o’zini namoyon qiladigan, uning axloqiy
normalariga rioya qilishga intilishi bilan bog’liq bo’lgan doimiy sifatlari.