K
Komenskiy Yan Amos – (1592-1670) chexiyalik mutafakkir va pedagog. G’arb
pedagogikasida didaktikaning asoschisi. Birinchi bor ona tilida umumiy ta’lim g’oyasini
asoslab
berdi, bir butun maktab tizimini ishlab chiqdi. Asarlari: “Buyuk didaktika” (1633-38), “Tillarga
ochiq eshiklar” (1631), “Onalar maktabi” (1632) va b.
Ko’nikma – ko’p martalab takrorlash yo’li bilan shakllangan, yuqori darajada o’zlashtirib
olingan, ongning ishtirokini talab qilmagan xarakat. Turlari:
perseptiv,
intellektual,
xarakatga
asoslangan. Ko’nikmani shakllantirishda uchta asosiy bosqich farqlanadi: analitik (xarakatning
aloxida elementlarini ajratib olish va o’zlashtirish), sintetik (o’zlashtrib
olingan elementlarni bir
butun xarakatga birlashtirish), avtomatlashtrish (xarakatlarni ktma-ket
va maqsadga muvofiq
qaytarish). Bundan ko’zlangan maqsad – xarakatlarning bir maroma
ravon va kerakli tezlikda
bajarilishishiga erishish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’nikma taqlid, ko’rsatish,
tushuntirish
va bularning birikmasi asosida shakllantirilishi mumkin.
Ko’rgazma – moddiy va ma’naviy sohadagi faoliyat yutuqlarini namoyish etish vositasi.