Zaif eshituvchi bolalar – nutqni egallashga va nutqiy muloqotga to’sqinlik qiladigan
eshitishi pasaygan bolalar. Zaif eshituvchi bolalarda eshitishning pasayishi turlicha bo’lishi, ya’ni
shivirlagan nutqni idrok etishdan boshlab, so’zlashuv balanligidagi nutqni idrok etishdagi
qiyinchiliklar bilan ifodalanishi mumikn. Zaif eshituvchi bolalarning gutqiy xolati eshitishning
pasayish darajasi va vaqti, tarbiyalash sharoiti, uning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Zararli odatlar –shaxs yoki butun bir millat, jamiyatga tegishli ma’naviy, madaniy,
moddiy o’zaro munosabatlar, dunyoqarash va xk. nuqtai nazaridan g’ayriinsoniy yoki g’ayriodatiy
deb bilinadigan xususiyatlarni ifodalovchi tushuncha. Zararli odatlar insonning ma’naviyat
talablarini yaxshi anglamagani, ma’naviy tamoyillarga amal qilmagani, noto’g’ri tarbiyalangani
oqibatida kelib chiqadi.
I Idrok – sezgi organlariningreseptorlarga tashqi jismoniy qo’zg’atuvchilarning bevosita
ta’sir ko’rsatishida yuzaga keladigan predmetlar, vaziyatlar va voqyea xodisalarning bir butun yaxlit
aksi. Idrok etish, sezish jarayonlari bilan birga qo’shilib, atrof muxitda sezgilar vositasida bevosita
yo’nalish topish imkonini beradi.
Idrokning kontaktliligi –jismoniy idrok etish shart sharoitlaridan qat’iy nazar,
predmetlarni ularning rangi, shakli, katta kichikligi bo’yicha nisbatan bir xilda idrok etish
qobiliyati.
Ijara – mulk shartnomasi; ushbu shartnoma bo’yicha mulk egasi ijarachiga muayyan to’lov
evvaziga mustaqil ravishda xo’jalik yo boshqa faoliyat yuritish uchun vaqtinchalik foydalanishga
beradi.
Ijodiy tafakkur – erkin fikrlash va ijodkorlik tamoyili ustun bo’lgan tafakkur shakli.
Ijodiy faoliyat – tubdan yangi va moddiy va ma’naviy qimmatliklar yaratishda namoyon
bo’ladigan nostandart, o’ziga xos natijalarga olib keladigan o’xshashi yo’q faoliyat. Ijodiy faoliyat
uchun ichki va tashqi psixologik shart sharoitlarning birikuvi zarur bo’lib, buning natijasida ijodkor
shaxsning o’z-o’zini namoyon qilishga, o’zining ijodiy qobiliyatlari va intuisiyasini rivojlantirisha
bo’lgan ehtiyoji faollashadi.
Ijodiy xikoya – xayoliy xikoya; u avvalgi tajribani yangi vaziyatda qo’llashga, biron
voqyeani xayoldan tasavvur qilishga asoslanadi yoki o’ylab topilgan, uydirma material asosida
tuziladi.