Jizzax davlat pеdagogika instituti



Yüklə 439,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix03.04.2023
ölçüsü439,47 Kb.
#92890
1   2   3   4   5   6   7   8
Oquv-dastur-maxsus-sirtqi-lar-uchun

 
 


O`quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni 
 
Boshlang‗ich 
ta‘limning 
Matematika 
fani 
o‗quv 
dasturi 
o‗quvchilarda 
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan Davlat ta‘lim standarti talablaridan 
kelib chiqib tuzildi. 
Boshlang‗ich ta‘limda matematika fanini o„qitishning asosiy maqsadi: 
o‗quvchilarda kundalik faoliyatda qo‗llash, fanlarni o‗rganish va ta‘lim olishni davom 
ettirish uchun zarur bo‗lgan matematik bilim va ko‗nikmalar tizimini shakllantirish va 
rivojlantirish; 
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va 
ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; 
milliy, ma‘naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona 
foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning 
tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat. 
Boshlang‗ich ta‘limda matematika faninio„qitishning asosiy vazifalari: 
o‗quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va 
algoritmlar haqidagi bilim, ko‗nikmalar egallanishini ta‘minlash; 
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‗nikmalarni 
muvaffaqiyatli qo‗llashga o‗rgatish;
o‗quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta‘lim olish 
ko‗nikmalarini shakllantirish; 
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‗quvchilarda, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga 
yo‗naltirishdan iborat. 
Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda 
shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni 
yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‗liq bo‗lgan 
masalalar yechilishi lozim. 

Yüklə 439,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin